• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Open budget mashmashasi davom etadi: qashqadaryoliklar pullar behuda sovurilayotganini aytmoqda (video)

    Sal avvalroq tarmoqlarda odamlarning Open budget’ga ovoz yig‘ib, bitta ovozga bitta Pepsi, besh ming so‘m pul yoki bir yarim kilo olma vaʼda qilgani yoxud uchta ovoz uchun bir tovuq berishga roziligi aytilgan videolar tarqalgandi. Bugun esa tarmoqlarni shunday mashaqqatlar evaziga qo‘lga kiritilgan mablag‘ samarasiz sarflanayotgani aytilgan videolar to‘ldirmoqda. Jumladan, Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida yashovchi aholi vakillari “Daryo”ga murojaat qilib, odamlarning ne-ne mashaqqatlari evaziga qo‘lga kiritilgan mablag‘lar behuda sovurilayotganini aytdi. “Daryo” bugun mazkur mavzu atrofida so‘z yuritadi.

    Yakkabog‘ tumanining Bexo‘ja qishlog‘ida yashovchi aholi vakillari asfalt yotqizish ishlari sifatsiz bajarilayotganini, buni masʼullar nazorat qilmayotganini aytmoqda.

    “Asfalt juda yupqa yotqizilmoqda. Biz bundan norozi bo‘lib, ishlar sifatli bo‘lishini talab qilyapmiz. Ammo ish bajaruvchi tashkilotning nomi yo‘q, so‘rasak, aytishmaydi”, — deydi aholi vakillaridan biri.

    Murojaatchilarning aytishicha, loyihada asfaltning qalinligi 6,5 sm bo‘lishi ko‘rsatilgani, tekislanib, tayyor holatga kelgach esa 5 sm bo‘lishi kerakligi, ayni paytda esa asfalt 1,5—2 sm qalinlikda yotqizilayotgani bildirilmoqda.

    “Open budget’ning pulini qo‘lga kiritish uchun aholi yugurgandir. Ammo bu pullar ham davlatning, xalqning puli-ku. Ishni bunaqa holatda bajarish pulni ko‘chaga sovurish-ku. Buni nazorat qiluvchi tashkilotlar bormi?”, — deydi videodagi yana bir suhbatdosh.

    Bu holatga eʼtibor qaratgan Yakkabog‘ tumani hokimligi Yakkabog‘ tumanining “Qishliq” MFY Bexo‘ja qishlog‘idagi ichki yo‘lning 2,2 km qismi “Ochiq budjet” dasturi orqali asfaltlashtirilayotganini tasdiqlab, ushbu ishlarni tenderda g‘olib bo‘lgan “Asbob Servis jihozlari” MCHJ masʼullari bajarayotganiga aniqlik kiritgan.

    Taʼkidlanishicha, ayni kunga qadar qishloqning 2,1 kilometr yo‘li asfaltlashtirib bo‘lingan.

    “Asfaltlashtirish ishlari davomida asfalt quyish maxsus texnikasi nosoz holga kelib qolgani sababli texnika ichida qolgan asfalt mahsuloti qotib qolishining oldini olish maqsadida asfalt qo‘l kuchi yordamida yo‘lga yoyib olingan. Asfalt quyish maxsus texnikasi soz holatga keltirilgach, qolgan 140 metr yo‘lda ham norma bo‘yicha ishlar davom ettiriladi”, — deyiladi hokimlikning mazkur muammo yuzasidan fikr bildirgan munosabatida.

    Aholining tarmoqlarda tarqatayotgan videosida qishloqdagi asfaltlashtirish ishlari sifatsiz bajarilgani bot-bot aytilgan bo‘lsa-da, mazkur yo‘l taʼmiriga masʼul tashkilot — tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Safar Suyunov yo‘l taʼmiri sifati ko‘ngildagidek ekanini aytmoqda. Uning qo‘shimcha qilishicha, asfalt yotqizilgan 2,1 km yo‘lning 2 kilometridagi ishlar sifatli bajarilgan, so‘nggi 100 metrdagi asfaltlashtirish sifatsiz bo‘lgani bois qayta qilinadi.

    Safar Suyunov.
    Foto: Yakkabog‘ tumani hokimligi

    “Odamlarga ozgina bahona kerak. Ular asfaltlashtirish ishlari sifatsiz bajarilganini aytib, video tarqatishgach, voqea joyiga bordim. 2,1 kilometr yo‘lning 2 kilometridagi asfaltlashtirish ishlari sifatli bajarilgan. To‘g‘ri, keyingi 100 metrdagi asfalt juda yupqa holatda bo‘lgan. Shu bois tadbirkor bilan gaplashib, keyingi 100 metrni qayta qilishga kelishib oldik. Bu masalada hech qanday muammo bo‘lmaydi”, — deydi Safar Suyunov.

    Viloyatning Shahrisabz tumani “Sayyod” MFYda yashovchi aholi vakillari prezidentning 408-sonli qaroriga ko‘ra taʼmirlanayotgan yo‘l ham sifatsiz taʼmirlanayotganini aytib, shikoyat qilmoqda.

    “Mol yursa, oyog‘i toshga teguvchi asfaltni nazorat qiluvchi tashkilotlar yo‘qmi? Asfaltlashtirishda standart bo‘ladi-ku, yo‘lning ahvoli juda achinarli-ku”, — deydi yo‘lning sifatsizligidan shikoyat qilgan video muallifi.

    Shahrisabz tumani hokimligi axborot xizmatining jamoatchilikka maʼlumot berishicha, prezidentning 408-sonli qarori bilan tumanning “Sayyod” MFY hududidagi 4,42 kilometr ichki yo‘l taʼmirlanmoqda.

    “Endi mahallaning uch kilometridan ziyod qismiga asfalt, bir kilometr qismiga esa beton qoplamalari yotqiziladi. Ushbu qurilish ishlari uchun 2 milliard 650 million so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan”, — deydi hokimlik masʼullari.

    “Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

    25.04.2023, 18:24   Izoh (0)   11496
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda ikkinchi Inklyuziv biznes-forum bo‘lib o‘tadi

    25.04.2023, 18:10

     O‘zLiDeP navbatdagi event-tadbirini Toyloqda o‘tkazdi

    25.04.2023, 18:00

    O‘zbekiston aholisining qanchasi mehnatga layoqatli ekani ma’lum qilindi

    25.04.2023, 17:55

    Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etilmoqda

    25.04.2023, 17:41

    Surxondaryoda ayolini tesha bilan urib, bo‘g‘ib o‘ldirgan erkakka hukm o‘qildi

    25.04.2023, 17:33

    Prezident maktablari imtihonlaridan o‘tolmaganlar ixtisoslashtirilgan maktablarga imtihonsiz qabul qilinadi

    25.04.2023, 17:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Uzbekistan Airports bodi-kameralar xaridi yuzasidan tender natijalari bekor qilinganiga izoh berdi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 08:59

    O‘zbekistonga benzin necha puldan import qilinadi?

    O‘zbekiston | 24 avgust, 08:22

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.