• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Otam irim qilib meni Xolmat deb chaqirardi”. 48 yoshni qarshilagan Hosila Rahimova yoshligida otasining “o‘g‘li” bo‘lgani haqida

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hosila Rahimova bu yil 48 yoshni qarshiladi. Otasining “o‘g‘li” bo‘lgan, bolalikdan ot choptirib, kurash tushgan Hosila Rahimovaning ijodi ham jo‘shqin. Keling, uning hayot va ijodi bilan bog‘liq ko‘pchilik bilmaydigan ma’lumotlarni oshkor etamiz.

    Foto: Instagram / @hosila_singer

    “Meni Hosila emas, Xolmat deyishgan”

    Hosila Rahimova shifokorlar oilasida dunyoga kelgan. Uning otasi Ibrohim hoji Denovning eng mashhur shifokorlaridan biri bo‘lgan. U ketma-ket uch qiz farzandli bo‘lganidan keyin o‘g‘il farzandli bo‘lishni niyat qilib, kenja qiziga shartli ravishda Xolmat deb ism qo‘ygan. Mahallada bu ism bilan tanilgan kurashchi, chavondoz biz bilan xonanda Hosila Rahimova edi.

    — Dadam rahmatli qiz farzand tug‘ilavergach, irim qilib meni Xolmat deb chaqirgan ekan. Esimni tanigan paytlarimda sochimni kalta qilib, o‘g‘il bolalardek oldirishardi. Ko‘rinishimdan tortib, fe’l-atvorimgacha o‘g‘il bolalarga xos bo‘lgan. Ot choptirish, kurash tushish — eng sevimli mashg‘ulotim bo‘lgan. Hatto uzoqroq qarindoshlarimiz mehmonga kelishsa, dadam “O‘g‘lim bilan kurash tushasanmi?” deb ularning farzandlariga aytardi. Kurashda g‘olib bo‘lsam, u bolaning otasi “Qiz bolaga yutqazding” deb jig‘ibiyroni chiqardi. Oilamizda to‘rt qizdan keyin ikki o‘g‘il farzand dunyoga kelgan. Ukalarim katta bo‘lguniga qadar o‘g‘il bola qilishi kerak bo‘lgan ishlar mening zimmamda edi. Dadamning katta bayir oti bo‘lardi. Uni qirga olib borish, sug‘orish mening vazifam edi. Opalarim hayiqardi, men esa o‘g‘il bolalarga bo‘sh kelmay otni choptirardim, — deydi xonanda Hosila Rahimova.

    Foto: Hosila Rahimovaning shaxsiy arxividan

    “Urushqoq qiz bo‘lganman”

    Hozirgi kunda ijodkor piarlardan, urush-janjallardan xoli bo‘lishni afzal ko‘radi. Ammo u bolaligida urushqoq bo‘lgani va qizlar bilan til topisholmaganini kulib eslaydi.

    — Insonning fe’l-atvori o‘zgarar ekan. Bolalikdagi fe’limning ayrim jihatlari saqlanib qolgan, ammo urushqoqligim yo‘qolgan. Lapashang bolalarni yomon ko‘rardim. “O‘g‘il bola degani shaxdam bo‘lishi kerak”, deb mahalla bolalariga ham kun bermasdim. Denov tumanidagi 15-maktab mahallamizdan biroz narida edi. Biror marta papkamni o‘zim ko‘tarib kelganimni eslolmayman. O‘g‘il bolalarga papkamni ko‘tartirib, o‘zim yayrab uyga qaytardim, — deydi Hosila Rahimova.

    Foto: Instagram / @hosila_singer

    “Uyda hamshiralik qilardik”

    Xonanda oiladagi muhit sabab bolalikdan tibbiyotga mehr qo‘ygan. U hozir ham dori-darmonlardan foydalanishni yaxshi biladi.

    — U paytlarda shifokorlar ko‘p martalik shprislardan foydalanishardi. Dadam uyda ham bemorlarni qabul qilgani uchun E’tibor opam bilan shprislarni qaynatardik. Dorilarni shprislarga tortib, dadamga yordamlashardik. Shuning uchun oilamizdagi qizlarning bari ozmi-ko‘pmi tibbiyotdan xabardor. Ayrim muolajalarni qilish ham qo‘limizdan keladi, — deydi xonanda Hosila Rahimova.

    Foto: Instagram / @hosila_singer

    “Dadamdan hamisha minnatdormiz”

    Hosila Rahimova bolalikdan san’atga qiziqqan, bunga qaysidir ma’noda otasi ham sababchi bo‘lgan. Chunki otasi rahmatli Denovning eng obro‘li insonlaridan biri bo‘lgan. Respublikaning qaysi hududidan bo‘lmasin san’atkorlar Surxondaryoga gostrolga borishsa albatta, Ibrohim hoji ularni uyiga taklif qilar va quyuq dasturxon yozardi.

    — Juda ko‘p san’atkorlar ota uyimizda mehmon bo‘lishgan. Dadam rahmatli haqiqatan ham san’atsevar inson edi. Shu bois san’atga bo‘lgan qiziqishimni so‘ndirmagan. Maktabda o‘qish bilan birga Denov tumanidagi Yunus Rajabiy nomli musiqa maktabida ham o‘qishimga ruhsat bergan. U yerda rubob chalishni o‘rganganman. Dadam bir gapni ko‘p qaytarardi. “Kasb-hunar va turmush o‘rtoq insonning bir umrlik hamrohi bo‘ladi. Uni tanlashda adashmaslik kerak”, derdi. Shu bois birorta farzandiga majburan kasb tanlatmagan.

    E’tibor opam jismoniy tarbiya institutida o‘qishini aytganida o‘zi imtihonlarga olib kelgandi. Agar uning o‘rnida boshqa ota bo‘lsa, “Qiz bolaga jismoniy tarbiyada nima bor?” deb shashtini so‘ndirgan bo‘lardi. Opam Toshkentga o‘qishga kirgan yili poytaxt markazidan kvartira sotib olgan. Hammamiz kam-ko‘stsiz va qiyinchiliksiz ulg‘ayganmiz. Buning uchun dadamdan hamisha minnatdormiz, — deydi xonanda.

    Foto: Instagram / @hosila_singer

    “Ikki farzandli bo‘lgach, institutda o‘qiganman”

    Hosila Rahimova tengdoshlariga nisbatan ancha kech san’at oliygohida tahsil olgan. Buning sababi otasi unga jiddiy shart qo‘ygan.

    — Dadam rahmatli san’atkor bo‘lishimga qarshi bo‘lmagan. Ammo undan avval turmushga chiqib, farzandli bo‘lishimni istagan. “Dada, turmushga chiqqanimdan keyin institutda o‘qitishmaydi”, deganimda “Kuyovni o‘zim ko‘ndiraman”, deb va’da bergandi. To‘yga rozilik berganda “Qizim poytaxtda o‘qishni istaydi, agar uning ijodiga qarshi bo‘lmasang, to‘yga roziman”, degan. Shundan so‘ng turmushga chiqqanman va ketma-ket ikki qiz farzandli bo‘lganman. Shundan keyin ota-onam va qaynonamning roziligi bilan Toshkentga ko‘chib kelganmiz, — deydi xonanda. 

    Foto: Instagram / @hosila_singer

    “Qizlarimni sog‘inib, ko‘zimga uyqu ilinmasdi”

    U 1998-yili sobiq Toshkent davlat madaniyat institutining Xalq musiqasi bo‘limiga o‘qishga kirgan. Ammo ikki nafar yosh bola bilan o‘qish oson kechmagan.

    — Qizlarim ketma-ket tug‘ilgani uchun xuddi egizaklarni katta qilgandek bo‘lganman. Biri yig‘lasa, ikkinchisi ham sherik bo‘lardi. Kechasi bilan injiqlanadi, ertalab esa o‘qishga borishim kerak edi. Asabbuzarlikdan qiynalib ketganimda onam Toshkentga kelib, “Qizlarni o‘zimga ber, bunaqada ishingda unum bo‘lmaydi”, degan. Ana shundan keyin ishim ancha osonlashib, talabalik gashtini his qilganman. Ammo qizlarimni shunchalik sog‘inardimki, tasvirlab berolmayman. Ularimni sog‘inib, ko‘zimga uyqu ilinmasdi, — deydi xonanda. 

    Foto: Instagram / @hosila_singer

    “Opam menga prodyuserlik qilgan”

    2001-yili institutni tamomlagan ijodkor yakkaxon ijodini boshlaydi. Avvaliga estrada qo‘shiqlarini, undan keyin maqom qo‘shiqlarini ijro etadi. Ammo natijalaridan qoniqmaydi.

    — U paytlarda prodyuser nima ekanligini ham bilmasdim. Bir kuni dadamga yig‘lab, yangi qo‘shiqlar yaratishim kerakligi haqida aytdim. Shunda dadam rahmatli Shahlo opamga “Shunga yordam ber, bir o‘zini yolg‘izlatib qo‘yma”, deb tayinlagan. Hozir o‘ylab qarasam, Shahlo opam o‘shanda prodyuserlik vazifasini zimmasiga olgan ekan. Bastakor Rustam Mahmudovga borib, “Qancha xarajati bo‘lsa, men tayyorman, singlimga yaxshi qo‘shiqlar yozib bering”, degan. 2003-yil “Turkiston”, 2004-yilda esa “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida konsert berganman. Konsertlarimdan tortib, kliplarimgacha opam moliyalashtirardi, — deydi xonanda Hosila Rahimova.

    Olti nabiraning buvisiga o‘xshamaydigan Hosila 

    Keyingi vaqtlarda Hosila Rahimovaning tashqi ko‘rinishi ancha o‘zgargan. Qomatidagi jiddiy o‘zgarish unga yanada go‘zallik baxsh etgan. Avvalgi kliplarida ot chopib, kurash tushgan xonandadan asar ham yo‘q. Hozirgi Hosila Rahimova go‘zal va noziktabiat ayolga aylangan.

    Foto: Instagram / @hosila_singer

    Xonandaning ikki qiz va bir o‘g‘li bor. U qizlarini turmushga bergan va olti nafar nabiraning buvisi hisoblanadi. Katta kuyovi xonanda Bahriddin Zuhriddinov bo‘ladi.

    25.04.2023, 20:51   Izoh (0)   20966
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sayyoraning eng ko‘p haq to‘lanadigan modellaridan biri Jiji Hadid muvaffaqiyatga erishishida ota-onasining o‘rni katta ekanligi haqida gapirdi

    25.04.2023, 18:37

    Kindigi boltada kesilgan, san’at institutiga qabul qilinmagan va o‘qituvchilikdan qiziqchi bo‘lgan ijodkor Boltavoy Toshmatov bilan suhbat 

    25.04.2023, 17:30

    Buyuk Britaniyada “Uzuklar hukmdori” filmidagi Gendalf kabi kiyingan talaba, tasodifan shu obrazni gavdalantirgan Makkelen bilan uchrashib qoldi (video)

    25.04.2023, 14:30

    Otasi voz kechgan, ijara azobini totgan, onasini eng baxtli ayol qilishga bel bog‘lagan vayner va xonanda Azoda 23 yoshda (foto, video)

    25.04.2023, 12:30

    Hashamatli hayot yoki uy qamog‘i: arab shayxlarining qizlari qanday yashaydi? 

    25.04.2023, 10:39

    Instagram: Feruza Normatovaning oila a’zolariga kutilmagan sovg‘asi, tug‘ilgan kunini nishonlayotgan Luiza Rasulova, muxlislaridan duo so‘ragan Ra’no Shodiyeva

    24.04.2023, 22:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 20 iyun, 22:15

    O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston bo‘ylab birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:05

    Ronaldudan penaltini tortib olgan, Kasilyas bilan mojaroda Mourinyoni qo‘llab-quvvatlagan va maydondagi “o‘ynovchi murabbiy” bo‘lgan Xabi Alonso haqida

    Futbol | 20 iyun, 22:03

    O‘zbekistonlik olimlar qovunning yangi navlarini yaratmoqda

    O‘zbekiston | 20 iyun, 21:45

    Endilikda davlat xizmatchilariga oylik maoshining 30 foizgacha intizomiy jazo qo‘llaniladi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 21:30

    O‘zbekistonlik voyaga yetmagan aka-uka xorijda qarovsiz qoldirilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 21:15

    Isroil Falastin uylarini harbiy bazalarga aylantirmoqda

    Dunyo | 20 iyun, 21:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.