• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Kindigi boltada kesilgan, san’at institutiga qabul qilinmagan va o‘qituvchilikdan qiziqchi bo‘lgan ijodkor Boltavoy Toshmatov bilan suhbat

    Boltavoy Toshmatov sahnadagi chiqishlari va filmlarda yaratgan katta-kichik rollari bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish. Ammo ko‘pchilik uning shaxsiy hayoti bilan bog‘liq ma’lumotlarni bilmaydi. “Daryo” muxbiri Nargizaxon Murodova ijodkor bilan suhbatda bo‘lib, ko‘plab savollarga javob oldi. 

    “Dadam qaychi topolmay doyaga bolta uzatgan ekan”

    Foto: “Daryo”

    — 1960-yilga qadar ko‘pchilik ayollar uyda farzandlarini dunyoga keltirishar, har bir mahallaning o‘z doyasi bo‘lardi. Yashirmayman, men ham uyda tug‘ilganman. Dadam rahmatli ismimning ma’nosini aytganida rosa kulgandim. Doya ayol qaychi olib kirish esidan chiqib, “No‘monjon kindik kesishga qaychi berib yuboring”, degan ekan. Dadam ham boshqa erkaklar singari uyda nima turganini bilmasalar kerak, shoshilganda hovlida turgan boltani olib, suvdagi chelakka solib, cho‘ponlariga artib uzatgan ekan. Xullas, kindigim boltada kesilganidan keyin doya ayolning tavsiyasi bilan Boltavoy ismini tanlashgan ekan. O‘zbekiston xalq artisti Tesha Mo‘minov bilan suhbatlashganimda uning kindigi teshada chopilgani haqida aytib bergandi. Ho‘p g‘aroyib zamonlar edi, odamlar infeksiya nimaligini bilishmasdi.
    Ismimni o‘zgartirishni ko‘p taklif qilishgan. Ammo kimlardandir uyalib ota-onam qo‘ygan ismdan voz kechishni istmaganman. Menimcha, san’atda tomoshabinlarning yodida qolishimga ham shu ismim sabab. Noodatiy ism baribir odamlarning e’tiborini tortadi.

    “San’at institutiga qabul qilishmagan”

    Foto: Skrin

    — Aslida qiziqchilarni o‘qitadigan san’at maktabi yo‘q. Muhiddin Darveshov agronom bo‘lgan, Abdulla Akbarov pedagog, Obid Asomov esa rassom bo‘lgan. Yashirmayman, san’at oliygohiga hujjat topshirganman. Menga “Dadangiz kim bo‘lib ishlaydi?” degan savolni berishgan. Oddiy ishchi ekanligini aytganimdan keyin hujjatlarimni qaytarib berishgan. Shundan keyin hozirgi O‘zbekiston Milliy universitetining tarix fakultetiga hujjat topshirib, o‘sha yerda tahsil olganman. Oradan ancha yillar o‘tib san’at oliygohida men bilan suhbat qilgan ustozning 60 yillik yubileyiga taklif qilishdi. Imtihondagi voqeani eslatsam “Yaxshi ham o‘qishga qabul qilmagan ekanman, mana qiziqchi bo‘lib ketding”, degan. “San’at institutini tamomlab, hammomchi bo‘lgandan ko‘ra, tarixni bitirib o‘qituvchi bo‘lganim yaxshi”, deganman. Chunki bu gaplarni ancha  yillar davomida dilimda saqlab yurgandim. Professional ijodkor o‘qishi kerak deyishadi, to‘g‘ri ammo bu o‘qib chiqqanlar albatta yaxshi san’atkor bo‘ladi degani emas. Ijodkor avvalo qobiliyatli bo‘lishi, undan keyin yaxshi ustozning qo‘lida o‘qishi kerak. 

    “O‘qituvchi bo‘lishga asabim dosh bermagan”

    — Sportning og‘ir atletika turi bilan shug‘ullanganman. Yoshlar terma jamoasi bilan birga ko‘plab xalqaro musobaqalarda ishtirok etganman. Oltin va kumush medallarim bor. Aslida imtiyoz bilan Respublikaning istalgan oliygohiga kirishim mumkin edi. Sport va tarixni o‘rganishga ancha kuch sarfladim. Ammo san’atga bo‘lgan ishtiyoq baribir qon-qonimga singib ketgan ekan. Terma jamoada ham, universitetdagi kursdoshlar orasida ham eng so‘zga chechani o‘zim bo‘lganman. Oliygohni tamomlab maktabga ishga kirganman, ammo o‘qituvchilik qilishga asabim dosh bermagan. Bor-yo‘g‘i bir oy o‘qituvchilik qilib, o‘z arizamga ko‘ra ishdan ketganman. Chunki o‘qituvchi bo‘lish oson emas, jahl chiqqanda bitta bolaga og‘ir gapirsangiz shartta ota-onasini yetaklab keladi. Avvalku ota-onalarning ustozlarga bo‘lgan hurmati ancha yuqori edi. Ammo shunda ham bu sohada ishlashimga ko‘zim yetmagan. Undan keyin haydovchi bo‘lib ishlaganman.

    “To‘y xizmatlariga Sherali Jo‘rayev bilan borganman”

    Foto: Skrin

    — Haydovchi bo‘lib ishlab yurgan paytlarimda televideniyega sport ustasi sifatida ham taklif etib turishardi. Bir kuni syomkada Sherali Jo‘rayev bilan uchrashib qolganman. U insonni shu vaqtgacha biror marta hayotda ko‘rmagandim. Qisqa vaqtda Sherali Jo‘rayev bilan shunchalik yaqin bo‘lib ketdikki, hatto to‘y-xizmatlariga ham birga boradigan bo‘ldik. To‘ylardan birida Mirzabek Holmedov bilan uchrashib qoldim. Unga tatarcha va qozoqcha latifa aytib berganimda mazza qilib kulgandi. Aslida qiziqchini kuldirish juda qiyin. Boshqa qiziqchilardan farqli jihatim men qozoq va tatar tilida ham latifalar aytolishim bo‘ldi. Ilk chiqishim “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida bo‘lgan. Chiqishim yomon bo‘lmagan, ammo juda hayajonlanganman. Shunda Mirzabek chetga olib, “Aka ozgina sekin gapiring, odamlar tushunolmay qoladi”, degandi. 

    “Obid Asomov menga ishonch bildirgan”

    — Ancha vaqtgacha san’atkor bo‘lganimni oila a’zolarimga aytmaganman. Bir kuni ayolim bilan universitetning madaniyat saroyida o‘tkaziladigan konsertga kelganmiz. Tomoshabinlar orasida o‘tirsam, Soat Sharipov tanib qolib sahnaga taklif etgan. Sahnaga chiqib odamlarni kuldirganimda ayolimning og‘zi ochilib qolgandi. “Bu hunaringiz ham bormi?” deb hayratlangandi. 1987-yili ilk marta katta sahnaga chiqdim va shundan keyin hayotim san’at bilan bog‘landi. Ancha yillardan keyin Obid Asomov bilan uchrashib qoldim. “Boltavoy aka, sizga atalgan rol bor, biz bilan sahnaga chiqasizmi”, dedi. Aytilgan vaqtda uyiga borsam u yerda To‘xtamurod Azizov, Obit Asomov va Botir Muhammadxo‘jayevlar yangi konsert dasturi ustida ishlab o‘tirishgan ekan. Obid menga qozoq erkakning rolini o‘ynab berolasizmi dedi. O‘shanda Botir Muhammadxo‘jayev “Bu rolda hech narsani ko‘rayotganim yo‘q, odamlarga yoqmaydi”, degandi. Ammo Obidning ishonchi bilan o‘zbek va qozoq chegarasi sabab uyi ikkiga bo‘lingan erkak haqidagi sahna ko‘rinishi yaratilgandi. Ishonasizmi, bu chiqish o‘sha yilgi konsertimizning eng cho‘qqisi bo‘ldi. Odamlar ancha vaqtgacha bu hazilni eslab kulib yurishgan.

    “Oilam haqida gapirgim kelmaydi”

    — Oilam haqida ko‘p qiziqishadi. Ammo aytgim kelmaydi. Chunki san’atkor baribir sirli bo‘lgani, shaxsiy hayotini ommaga ko‘rsatmagani ma’qul. Masalan, rahmatli aktyor Hojiakbar Nurmatov bilan radioda ko‘p birga ishlaganmiz. Juda ko‘p sigaret chekardi. “Aka, o‘pka ham qiynalib ketdi-ku, nega chekaverasiz?” desam “Eh Boltavoy ichimdagildar o‘zimga va yolg‘iz Allohga ayon. Hozir dublyajdan chiqib, uyga borib kelinoyingizni ovqatlantirib kelishim kerak”, degandi. Shu insonning ayoli uzoq yil to‘shakka mixlanib yashadi. Ammo aktyor buni ommaga oshkor etishni istamasdi. Aytmoqchi bo‘lganim, har bir san’atkorning o‘z shaxsiy hayoti, oddiy odamlar kabi muammolari bor. Uni ommaga oshkor etish shart emas. Bir o‘g‘lim va uchta qizim bor. Qizlarimning barini turmushga berganmiz. Uyga kelganda xursand bo‘lamiz, kelmasa undan ham yaxshi deymiz. O‘g‘lim yengil atletika bilan shug‘ullanadi.

     

    25.04.2023, 17:30   Izoh (0)   10981
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Buyuk Britaniyada “Uzuklar hukmdori” filmidagi Gendalf kabi kiyingan talaba, tasodifan shu obrazni gavdalantirgan Makkelen bilan uchrashib qoldi (video)

    25.04.2023, 14:30

    Otasi voz kechgan, ijara azobini totgan, onasini eng baxtli ayol qilishga bel bog‘lagan vayner va xonanda Azoda 23 yoshda (foto, video)

    25.04.2023, 12:30

    Hashamatli hayot yoki uy qamog‘i: arab shayxlarining qizlari qanday yashaydi? 

    25.04.2023, 10:39

    Instagram: Feruza Normatovaning oila a’zolariga kutilmagan sovg‘asi, tug‘ilgan kunini nishonlayotgan Luiza Rasulova, muxlislaridan duo so‘ragan Ra’no Shodiyeva

    24.04.2023, 22:50

    Gollivud yulduzi Skarlett Yoxansson Marvel’ga qaytishni istamasligini ma’lum qildi

    24.04.2023, 21:43

    Qashshoq milliarderlar: boyliklarini shamolga sovurgan sayyoradagi eng boy odamlar

    24.04.2023, 13:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni

     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Barselona” Klublar o‘rtasidagi JCHda “Leon”ning o‘rniga qatnashish uchun FIFA’ga iltimos bilan chiqdi

    Sport | 15 iyun, 18:44

    “Tolibon” 40 yoshgacha bo‘lgan ayollarga Termizdagi bozorga borishni taqiqladi

    Dunyo | 15 iyun, 18:20

    Klublar o‘rtasidagi JCH boshlandi: qaysi jamoalar ishtirok etadi, o‘yinlar qayerda bo‘lib o‘tadi va mukofot puli qancha?

    Sport | 15 iyun, 16:58

    Buxoroda ham ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi

    O‘zbekiston | 15 iyun, 16:47

    Eron raketa zarbalaridan Isroildagi turar joylar vayron bo‘ldi (foto)

    Dunyo | 15 iyun, 15:41

    “O‘zgidromet” hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

    O‘zbekiston | 15 iyun, 14:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.