Qozog‘istonning Chimkent shahrida 10 yoshli bolaning miyasidan qurt olib tashlandi. Bu haqda mahalliy Otyrar nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bola doimiy bosh og‘rig‘idan shikoyat qilgan. Magnit-rezonans tomografiya yordamida shifokorlar bolada miya exinokokkozini aniqlagan. Bu juda kam uchraydigan kasallik hisoblanadi.
Natijada shifokorlar bolada 2 soat davomida jarrohlik amaliyotini olib borgan. Uning miyasidan 10-15 ga yaqin 15 santimetrgacha bo‘lgan tasmasimon qurtlar olib tashlangan. Bemor 2 kun intensiv terapiyada yotgan, keyin palataga o‘tkazilgan. Bir hafta o‘tgach, bola uyga yuborilgan. Hozirda u shifokorlar nazoratida.
Miyaning exinokokkozi — markaziy asab tizimining kasalligi. Parazitlar tanaga gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida kiradi. O‘z vaqtida davolanmasa, exinokokkoz o‘limga olib kelishi mumkin.
Izoh (0)