Qozog‘istonda mamlakat fuqarolarining Ukrainadagi urushda ishtiroki bo‘yicha 10 ta jinoiy ish bo‘yicha tergov olib borilmoqda. Bu haqda Qozog‘iston Telegraf agentligi xabar berdi.
![](/static/2023/zulfiya/photo_2023-04-16_21-43-12.jpg)
Mamlakat Milliy xavfsizlik qo'mitasi boshqa tafsilotlarni, jumladan, jinoiy ish bo‘yicha ayblanuvchilar haqida ma’lumot bermagan. Qozog‘iston fuqarolari kim tarafda jang qilgani ham ochiqlanmagan.
Qozog‘iston Jinoyat kodeksiga ko‘ra, xorijdagi qurolli mojarolarda qatnashish 5 yildan 9 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 154-moddasi (yollanish)da, xorijiy davlat hududidagi qurolli mojarolarda yoki harbiy harakatlarda qonunga xilof ravishda qatnashganlik uchun 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
Izoh (0)