Pokiston diniy ishlar va dinlararo kelishuv vaziri muftiy Abdul Shakur Islomoboddagi yo‘l-transport hodisasida vafot etdi. Bu haqda DAWN xabar berdi.
Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, 55 yoshli vazir shaxsiy mashinasini haydab Pokiston hukumat idoralari joylashgan ko‘chada harakatlangan. U mashinada yolg‘iz bo‘lgan, vazirning avtomobiliga ichida besh kishi bo‘lgan va yuqori tezlikda harakatlangan Toyota Hilux Revo kelib urilgan.
Avtohalokatdan keyin vazir kasalxonaga yotqizilgan va u yerda vafot etgan. Toyota haydovchisi esa yo‘lovchilari bilan qo‘lga olingan. Hozirda politsiya voqea yuzasidan surishtiruv olib bormoqda.
Muftiy Abdul Shakur 2018-yildan buyon Pokiston Milliy assambleyasi (Parlament quyi palatasi) a’zosi, 2022-yildan buyon din ishlari va dinlararo kelishuv bo‘yicha federal vazir lavozimida ishlagan. Pokiston prezidenti Orif Alviy va boshqa bir qancha siyosiy arboblar fojia munosabati bilan hamdardlik bildirgan.
Izoh (0)