• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Paxta terimiga chiqishni vatanparvarlik deb o‘ylardik” — andijonlik shifokor

    Andijon viloyati, Andijon shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Nilufar Tojiboyeva o‘ttiz yildan ortiq sog‘liqni saqlash sohasida ishlab keladi. “Daryo” muxbiri oddiy shifokorlikdan rahbarlik lavozimlarigacha ishlab kelgan Nilufar Tojiboyeva bilan tibbiyot xodimlarining paxta dalasida umri qanday o‘tgani, bugungi kunda paxta dalasidan qaytarilgani soha xodimlariga qanday imkoniyatlar yaratilayotgani xususida suhbatlashdi.

    Noyabrning oxirigacha dalalarda paxta tergan kunlarimiz bo‘lgan

    “Tibbiyot xodimi bo‘lganimdan, xalqimizning salomatligini mustahkamlashda qandaydir o‘z hissamni qo‘shib, ishlayotganimga doim shukrona keltiraman. Allohga shukur, bugungi kunga kelib, faqat o‘zimizning faoliyatimiz bilan shug‘ullanyapmiz. Negaki hayotim davomida bir necha davrlarni o‘tkazganman. Tibbiyot xodimi sifatida faoliyat boshlaganimga ham mana o‘ttiz yildan ortgan bo‘lsa, shu yillar davomida juda ham ko‘p narsalar boshimizdan o‘tdi.

    Maktab davrida o‘quvchi bo‘lsak-da, o‘sha paytlarda dala ishlarida qatnashgan paytimiz bo‘lgan. Lekin biz majburiy mehnatga boryapmiz, deb o‘ylamaganmiz. Bu bir vatanparvarlik, xalqimizga, hukumatimizga yordam sifatida qilganmiz, deb ko‘tarinki ruhlarda borganmiz.

    Sentabr oyi kelishi bilanoq, 2-3-sentabrlardan paxta terimiga chiqib ketganmiz. Va terimning oxirgi kunlari, yaʼni noyabr oxiri —dekabr boshlarigacha paxta terganmiz.

    Maktabni bitirib, tibbiyot instituti talabasi bo‘ldim. Institutda o‘qib yurgan paytlarimizdayam dala mehnatlariga borganmiz, yagnalardan tortib, mevachilik “savxoz”larda meva tergan paytlarimiz bo‘lgan. Kuz oylarida, albatta, yig‘im-terim ishlarida qatnashganmiz”, — deydi Nilufar Tojiboyeva.

    Nilufar Tojiboyeva
    Foto: Fazliddin Muqaddasov

    Hattoki homilador talabalarni ham hech kim paxtadan mustasno qilmagan

    “Terimda norma qo‘yilardi. Biz o‘sha normalarni bajarishga majbur bo‘lganmiz. Paxta terimni boshida terishga qiynalganmiz. Majburiy kilogrammlarni termaganimiz bo‘yicha urish va so‘kishlar ham eshitganmiz. Keyinchalik zo‘r terimchi bo‘lib ketganmiz. Lekin o‘sha o‘qish davriga qaytganimizda o‘quv yili muddati qisqa qolgani uchun qo‘shimcha darslar bilan hamma mavzularni qamrab olishga harakat qilardik. Chunki tibbiyot oliygohi bo‘lganimiz uchun darslikka kiritilgan fanlarni o‘tishimiz majburiy, ularni o‘zlashtirishimiz shart bo‘lgan. Shu sababli kechalari o‘qishga, o‘zlashtirishib, imtihonlardan o‘tishga harakat qilardik.

    Talabalik davrimizda turmushga chiqib, homilador bo‘lgan dugonalarimiz ham paxtaga borib terishga majbur bo‘lgan. Yigirma haftagacha homiladorlikda bo‘lgan qizlarimiz borib, paxta tergan kunlar bo‘lgan. Ularni hech kim paxtadan mustasno qilmagan”

    Ijtimoiy soha xodimlari majburiy mehnatning barcha turiga jalb qilingan

    “Oliygohni tugatganimdan keyin Andijon tumanidagi oilaviy poliklinikada ish boshladim. Bir necha yillar o‘sha poliklinikada terapevt-uchastka vrachi bo‘lib ishladim. Shunda ham faqat o‘zimizga yuklatilgan vazifalarni qilmaganmiz, balki jamiyatda bo‘layotgan barcha jarayonlarda ishtirok etganmiz. Barchamizga maʼlum avvallari ijtimoiy soha xodimlari bo‘lgan shifokor va o‘qituvchilar nafaqat paxta jarayonlarida, obodonlashtirish ishlarida ham ishtirok etgan. Ayniqsa, qurilish sohalariga ham mehnatlarimiz singdi.

    O‘ttiz yillik faoliyatim davomida tizimda oddiy shifokor darajasidan mas’ul rahbar lavozimlarigacha ishlaganman. Ushbu lavozimlarda ishlaganimda baʼzida xodimlarimgayam achingan paytlarim bo‘lgan. Chunki kichik va o‘rta tibbiy xodimlarni topshiriqlarga binoan qayergadir ishga jo‘natayotgan paytimda yurak hovuchlab o‘tirganman. O‘sha joylardan eson-omon qaytishsin, ishqilib biror zarar yetmasin deb o‘tirganman. Negaki baʼzida obodonlashtirish joylari bo‘lib berilganda gullar ekishga ham borganmiz”,— deydi u.

    Har kuni kechqurun hokimlikda tuzilgan shtabda rahbarlarni kunduzi bilan qilgan ishi bo‘yicha hisob kitob-qilingan

    “Paxta terim mavsumida sanoqda odamlar aytiladi. Masalan, bitta tashkilotdan o‘nta yoki beshta paxta terimiga deb aytiladi. Lekin biz bir nechta joylarga berardik. Falon tumanga beshta jo‘natasiz, piston tumanga 10 ta jo‘natasiz deyilardi. O‘sha paytlarda kimdir kasal bo‘lib qoladi, kimningdir borishga imkoniyati yo‘q bo‘ladi yoki uyida taʼziya bo‘lishi mumkin edi.

    Mana shunday paytlarda xodimlarni yetkazolmagan kunlarimiz bo‘lgan. Eng achinarlisi, faqat o‘zingni xodiming bo‘lsin derdi. Uni akasi yoki ukasi o‘rniga borib, uch-to‘rt kun yordam berib tursin, degan masalalar ham rad qilinardi. Faqat o‘sha tashkilotda ishlayotgan xodim bo‘lsin, deyilardi.

    Paxta dalalarida xodim yoki bizga reja berilgan kilogrammlarga yetkazolmagan kunlarimiz bo‘lgan. O‘sha paytlarda paxta zavodlarida kechasigacha turardik.

    Terilgan paxtamizni o‘tkazguncha qancha kilogramm chiqadi, endi nima qilamiz? Agar oz bo‘lsa qanday bo‘ladi? Bugungi xodim yetishmovchiligi masalasini qanday qilib yechamiz? Kech paytki yig‘ilishda bo‘ladigan so‘rovlarda shu savollarga javob izlardik. Chunki u paytlarda har kuni kechqurun hokimlikda tuzilgan shtablarda rahbarlardan kunduzi bilan qilgan ishi bo‘yicha hisob kitob-qilingan. Lekin o‘sha paytda ham tibbiyot xodimlari biz rahbarlarni gap eshitmasligimiz uchun harakat qilishardi.

    Institut, tashkilot va otryadlarda tibbiy xizmatga biriktirilgan xodimlar kunduzi bilan paxta dalasida terimchilarga birinchi yordam ko‘rsatish bilan birga kechasi qaytgach, yarim tungacha terimchilarni qabul qilib chiqishardi”- deydi shifokor.

    Paxta mavsumida tibbiyot xodimlari yetishmovchiligi bo‘lardi

    “Shunaqa paytlar bo‘lganki, bo‘limlarda yoki oilaviy poliklinikalarda hatto muolajalarga qo‘ygani hamshira topolmay qolgan kunlarimiz bo‘lgan. Ikkita muolajada ishlab turgin, bugun ikki barobar ishlaysan. Birinchi va ikkinchi qavatdagi bemorlar holati sening zimmangda, degan kunlarimiz ham bo‘lgan. Chunki o‘sha paytlarda nafaqat paxta terimga, balki tibbiy xizmatlarga ham xodimlar berganmiz. Tibbiy xizmatga bir qancha xodim berilganidan keyin, yana terimga ham odam berishga majbur bo‘lgan kunlarimiz bo‘lgan. Ana shunda tibbiyot xodimlari yetishmovchiligi bo‘lardi.

    Hatto palatalarni yuvib chiqqani sanitarkalar bo‘lmay qolardi. Boisi terimga ko‘proq shu kichik tibbiy xodimlar jalb qilinardi. Shunday paytlarda hamshiralar palatalarni yuvib, tozalab chiqishga to‘g‘ri kelgan kunlarni ham ko‘rdik. Oldin tozalab, yig‘ishtirib, undan keyin yuvinib, sanitariya meʼyor qoidalari bo‘yicha muolaja xonalariga kirib ish tashkillanardi.

    O‘sha paytlarda shifokorlar bo‘lmay qolganda bosh vrachlar, davolash bo‘yicha o‘rinbosarlar, bo‘lim mudirlari o‘zlari o‘tirib, bemorlarni qabul qilib, kasallarni ko‘rib yurgan kunlarimiz bo‘lgan. Xonadonlarga chaqiruvlarga ham bosh vrachlar borib ko‘rgan. Chunki amaldagi hududga biriktirilgan shifokorlar tibbiy xizmatlar, paxta dalalariga yoki boshqa tashkiliy ishlarga jalb qilingan”,— deydi u.

    Endi bizdan faqat o‘z ishimizni talab qilishyapti

    “Paxta dalalariga borganimizda “Paxta — bizning milliy boyligimiz” deganmiz. Mana shu paxtani eʼzozlasak, xalqimiz boy bo‘ladi, biror narsaga zoriqmaydi, deb ishlaganmiz. Paxta dalalarida o‘zimizni qahramondek his qilganmiz. Mana shu xirmonga hissamiz qo‘shilyapti. Paxtani terganim uchun Vatanimga hissam qo‘shildi, degan fikrlarda bo‘lganmiz.

    Endi esa biz va o‘qituvchilarga o‘z ishing bilan shug‘ullan, deyapti. Tibbiyot xodimimisan aholini sog‘lomlashtir, kasalliklarning oldini ol, profilaktikasi, bemorlarni davolash bilan shug‘ullan. Sening ishing faqat shu. O‘qituvchimisan bolalarni o‘qit, ularni ilmli, ziyoli bo‘lishi uchun ishla, boshqa sohalarning o‘z egalari bor degan narsani qo‘yib berdi. Sen o‘zing egalik qilayotgan sohalaring bilan shug‘ullan dedi. Men mana shunga juda ham xursandman”, — deydi tibbiyot birlashmasi boshlig‘i o‘rinbosari Nilufar Tojiboyeva.

    “Menimcha” ko‘rsatuvining efirga uzatilgan navbatdagi sonida uzoq yillik paxta siyosati o‘zbek millatini ne ko‘ylarga solgani haqida so‘z bordi va unda ko‘rsatuv muallifi Cotton Campaign tomonidan O‘zbekiston paxtasiga qo‘yilgan 12 yillik boykot bekor bo‘lganiga bir yil to‘lganini yodga oldi.

    14.04.2023, 15:59   Izoh (0)   3314
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jizzax va Guliston shaharlariga havoni monitoring qiluvchi avtomatik stansiyalar o‘rnatildi

    14.04.2023, 15:28

    O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida tibbiyot sohasida 300 mln dollarlik loyihalar amalga oshiriladi

    14.04.2023, 14:48

    “Inson sha’ni, qadr-qimmati oliy qadriyatdir”. Shuhrat Abdurahmonov bilan bog‘liq xabar yuzasidan bayonot berildi

    14.04.2023, 14:35

    Navoiy viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

    14.04.2023, 14:25

    Bo‘stonliqdagi tog‘larda adashib qolgan to‘rt kishi qutqarildi (video) 

    14.04.2023, 13:50

    O‘zbekistonda pensiya yoshini oshirish borasidagi xabarlarga izoh berildi

    14.04.2023, 12:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentning ayrim ko‘chalari velomarafon sabab vaqtincha yopiladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 22:52

    Mark-Andre ter Shtegen “Barselona”dan ketishi mumkin

    Sport | 7 iyun, 22:50

    Shavkat Mirziyoyev va Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bir-birini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 21:19

    Italiya A Seriyasida 2025/26-yilgi mavsum uchun taqvim eʼlon qilindi

    Sport | 7 iyun, 21:17

    Toshkentdan Farg‘onaga giyohvandlik vositasini olib ketayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 21:10

    O‘zbekistonliklar to‘rt oyda turistik maqsadlarda eng ko‘p qaysi davlatlarga chiqayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 20:00

    Qamchiq dovonida yo‘lning bir qismi vaqtincha yopilgan

    O‘zbekiston | 7 iyun, 19:11

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qahramoni Azim Latipov vafoti munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 18:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.