Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 14-aprelda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 9,10 so‘mga pastlab, 11 421 so‘mni tashkil qildi. Yevro 99,70 so‘mga oshib, 12 590,51 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,66 so‘mga ko‘tarilib, 139,95 so‘mni tashkil qildi.
Bundan avval dollar kursi ketma-ket besh kun ko‘tarilib, 11 430,10 so‘mni tashkil qilgandi. Yevro va rubl kursi ham oshandi.
Izoh (0)