“O‘zgidromet” 13-aprel, payshanba kuni kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-15 daraja, kunduzi 30-32 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim hududlarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, baʼzida 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 9-14 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekund gacha kuchayadi, baʼzida 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, faqat Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida baʼzida 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 28-33 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, faqat Qashqadaryo viloyatida baʼzida 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja bo‘ladi.
Izoh (0)