• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Biznes

    “AQSHda hamma narsa odamlar uchun ishlaydi”: Amazon‘da ishlayotgan o‘zbekistonlik mutaxassis hikoyasi

    IT Park Amazon’da faoliyat yuritayotgan toshkentlik dasturiy ta’minot muhandisi Bek Akilov haqida hikoya qildi.

    Foto: IT Park

    Bek 25 yoshda. Toshkentdagi 50-o‘rta umumta’lim maktabini, shuningdek, Michigandagi Kalamazoo kollejini tamomlagan. U hozir Sietlda yashaydi va dasturiy ta’minot muhandisi bo‘lib ishlaydi.

    Chet elga qanday borib qolgan?

    2016-yilda u AQSHga o‘qishga jo‘nab ketdi. Buning uchun u Toshkent xalqaro maktabida SAT, SAT Subject Test, TOEFL testlarini topshirdi.

    O‘rta maktabdan so‘ng kelajakda hayotimni borgan yerimda qurish, kasb-hunar egallash, Amerika madaniyati bilan yaxshiroq tanishish uchun chet elda o‘qishga qaror qildim. Men Michiganga ko‘chib o‘tdim, u yerda Kalamazoo nomli kichik kollejda matematika va informatika bo‘yicha tahsil oldim, — deydi u.

    4 yillik o‘qish uchun viza muammosiz beriladi, shuningdek, magistratura uchun ham. Ammo siz kollejni matematika, informatika, kimyo, fizika yoki biologiya yo‘nalishi bo‘yicha tugatgan bo‘lsangiz, unda ishlash uchun ruxsatnoma ham o‘qish tugaganidan keyin 3 yilga beriladi. Boshqa barcha mutaxassisliklar uchun — 1 yil.

    Bek hozirda Sietlda yashaydi. U Amazon.com’da dasturiy ta’minot muhandisi bo‘lib ishlaydi. 

    U Amazon.com qo‘llab-quvvatlash xizmatiga barcha qo‘ng‘iroqlar va xabarlar uchun mas’ul bo‘lgan 10 kishidan iborat jamoada faoliyat yuritadi. Ish juda og‘ir, chunki Amazon global kompaniya bo‘lib, agar xizmat, aytaylik, Hindistonda ishlamay qolsa, ko‘pincha ertalab soat 3 da baglarni tuzatishga to‘g‘ri keladi. Lekin ish bunga arziydi. 

    Bunday ish sizga hamma narsani o‘z vaqtida bajarishga va tizimni to‘g‘ri saqlashga o‘rgatadi, chunki ishlab chiqarishdagi bitta xato ham millionlab dollarga tushishi va kompaniya obro‘siga putur yetkazishi mumkin. Siz ishning to‘liq mas’uliyatini tushunasiz va jamoa pand bermasligi uchun o‘z vazifalaringizni imkon qadar yaxshi bajarasiz.

    Nega aynan AQSH?

    “AQSHda, — deydi rukn mehmoni, — rivojlanish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. IT mutaxassislari uchun maoshlar baland.

    Bu yerda doimo qulaylik haqida o‘ylashadi, hamma narsa odamlar uchun ishlaydi. Mahsulotlarni yaratish uchun ulkan bulutli infratuzilma mavjud. Men uyda o‘tirgan holda kompaniyani ro‘yxatdan o‘tkazishim va millionlab/milliardlab odamlarni qo‘llab-quvvatlaydigan AWS/GCP xizmatini yaratishim mumkin. 

    Men O‘zbekistonda ham bulutli ma’lumotlarni O‘zbekistondagi mijozlarga yaqin saqlashi uchun ushbu kompaniyalarning ma’lumotlar markazlarining o‘z filialiga ega bo‘lishini istardim.

    Bundan tashqari, IT mutaxassislari AQSHda katta talabga ega.

    AQSHda IT-mutaxassis uchun ish topish har doim oson, yaxshisi uchun esa undan ham osonroq. Ular oddiy kichik kompaniyalardan tortib yirik korporatsiyalargacha barcha sohalarda kerak. Garchi xuddi shunday tendensiya butun dunyoda kuzatilmoqda, so‘nggi o‘n yilliklarda axborot texnologiyalari sohasida haqiqiy “bum” kuzatildi.

    O‘zbekiston IT-sohasini qanday baholaydi?

    Bekning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonning IT-sohasi ulkan salohiyatga ega. Uni rivojlantirish uchun ozgina yordam kerak.

    O‘zbekistonda o‘zgarishlar qanday yuz berayotganini ko‘rib turibman. Bu katta yutuq. O‘zbekiston katta salohiyatga ega, chunki mamlakat mintaqaviy markaz hisoblanadi. Bu bulutli dasturiy ta’minot bo‘yicha mintaqaviy markazga ham aylanishi mumkinligini anglatadi. 

    Agar siz ma’lumotlarni saqlash va backend mantig‘i uchun zamonaviy xosting va bulutli xizmatlarni yaratsangiz, bu mahalliy startaplarni rivojlantirish uchun juda qulay muhit bo‘lib xizmat qiladi. Bularning barchasi Amazon Web Services, Google Cloud yoki Microsoft Azure ma’lumotlar markazlarining paydo bo‘lishi bilan birga kirib keladi”.

    “Bu platformalar, — deya davom etadi mutaxassis, — mahalliy bulutli yechimlarga turtki beradi, garchi ular bir xil xizmatlardan asos sifatida foydalanishsa-da, barcha mamlakatlarda bo‘lgani kabi ular bilan raqobatlasha oladi”. Misol tariqasida u AWS’dan foydalanadigan Singapur bulutli provayderi Supabase’ni keltiradi.

    O‘zbekiston va AQSHning IT-sohalari bir-biridan keskin farq qilishini ta’kidlayman. Misol uchun, AQSHda startaplar xalqaro miqyosda bo‘lish imkoniyati tufayli ko‘pincha ortiqcha baholanadi. O‘zbekistonda pul topish qiyin, ammo bozor har qanday innovatsiyalarga tayyor va ko‘p sohalarda raqobatchilar deyarli yo‘q.

    O‘zbekistonga qaytish niyati bormi, degan savolga Bek buni istisno qilmasligini aytdi.

    Agar Software Boom yuz bersa, albatta, kelib, qiziqarli loyiha yaratmoqchiman. Umuman olganda, men xalqaro darajaga mos keladigan tayyor mahalliy biznes yechimlarini ko‘proq ko‘rishni istardim. Fikrimcha, O‘zbekistonga oz vaqt ichida bozorga kirish uchun Stripe, Godaddy.com, cloudfront, Square, Google Adsense, Easypost (avtomatik yetkazib berish) va boshqalarning mahalliy analoglari kerak.

    Yosh mutaxassislarga tilaklari

    Chet elga ko‘chib o‘tishni orzu qilgan yosh mutaxassislar uchun Bek ko‘p o‘qishni, ayniqsa, til o‘rganishni tavsiya qiladi.

    Aytishim mumkinki, men uchun chet eldagi hayotda eng qiyin narsa ingliz tilini va so‘zlashuv nutqini o‘rganish edi. Ochig‘i, bu juda uzoq vaqt, ko‘p kuch va amaliyotni talab qiladi. Amaliyotsiz jarayon qiyin va uzoq kechadi. Maslahatim shuki, doimiy ravishda ushbu nutqni eshitishingiz, mahalliy madaniyatni tushunishingiz va aholining fikrlashini tushunishingiz uchun mahalliy do‘stlar toping.

    Yana shuni qo‘shimcha qilgan bo‘lar edim: agar hali ham universitetda o‘qiyotgan bo‘lsangiz, codeforces.com saytida misollar yechishni boshlang va O‘zbekiston reytingini ko‘taring. Shuningdek, bu til o‘rganish yoki Google, Meta kabi xalqaro kompaniyada ishga joylashish uchun juda yaxshi vositadir”.

    11.04.2023, 20:10   Izoh (0)   7543
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Bunyodkor” futbol klubi 2022-yilda 28 mlrd so‘m zarar ko‘rdi

    11.04.2023, 12:12

    O‘zbekistonga 2023-yilda 1 millionta rossiyalik sayyohlar kelishi kutilmoqda

    10.04.2023, 17:35

    Ilon Mask o‘tgan haftada 14,5 milliard dollar yo‘qotdi

    10.04.2023, 17:13

    So‘nggi yillarda O‘zbekistonning banan importi qanday o‘zgardi? 

    07.04.2023, 21:54

    O‘zbekistonda norasmiy bandlikning iqtisodiyotga zararlari aniqlandi

    07.04.2023, 21:33

    Dunyodagi eng qimmat avtomobil brendlari reytingi e’lon qilindi

    07.04.2023, 19:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10

    Saudiya Arabistoni Superkubogi. “Al-Ahli” Ronaldu boshchiligidagi “An-Nassr”ni mag‘lub etib bosh sovringa ega chiqdi

    Sport | 23 avgust, 19:50

    O‘tgan 32 yil: Sobiq Sovet davlatlarida aholi jon boshiga daromad qanday o‘zgardi?

    O‘zbekiston | 23 avgust, 19:39

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.