Saudiya Arabistoni Lionel Messiga Jahon Chempionligi mezbonligi uchun elchi vazifasini taklif qilmoqchi.
Marca nashrining xabariga ko‘ra, mamlakat “PSJ” hujumchisi katta pul taklif qilinishiga qaramasdan mahalliy klublarga o‘tmasligini tushunib turibdi.
Argentinalik futbolchi Saudiya Arabistonining futbol bo‘yicha elchisiga aylanishi mumkin. U mamlakatning Jahon Chempionatlaridan biriga nomzodini ilgari surishi kutilmoqda. Messining transferiga “Al-Hilol” va “Al-Ittihod” jamoalari qiziqqandi. Biroq Leo faoliyatini Yevropada davom ettirishni ma’qul ko‘rgan.
Avvalroq Saudiya Arabistoni hukumati hozirda “An-Nassr” sharafini himoya qilayotgan Krishtianu Ronalduga ham elchilik taklifini bildirgandi. Taklif bo‘yicha Krishtianu Saudiya Arabistoni, Gretsiya va Misrning JCH—2030 mezbonligi uchun qo‘shma arizasi bo‘yicha elchi vazifasini o‘tashi lozim.
Izoh (0)