“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourinyo faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.
Corriere dello Sport nashrining xabariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni hukumati portugaliyalik murabbiyga 2 mavsum uchun 120 million yevro taklif qilmoqda. Unga ko‘ra, Mourinyo uchta variantdan biri: Saudiya Arabistoni terma jamoasi, “Al-Ahli” yoki Krishtianu Ronaldu to‘p surayotgan “An-Nassr” jamoalaridan birini tanlashi kerak.
Shu bilan birga Joze birinchi mavsumdan keyin shartnomani bekor qilish huquqiga ega bo‘ladi. Agar Mourinyo ushbu taklifga rozi bo‘lsa, futbol tarixidagi eng ko‘p maosh oladigan murabbiyga aylanadi.
60 yoshli murabbiy taklifni o‘ylab ko‘rishini ma’lum qilgan. “Roma” esa Joze Mourinyoni jamoada olib qolish istagida.
Izoh (0)