NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy iyul oyida bo‘lib o‘tadigan alyans sammitiga taklif qilinganini aytdi. Bu haqda u NATO—Ukraina komissiyasining Bryusseldagi yig‘ilishidan so‘ng ma’lum qildi, deb xabar bermoqda CNN.
“Kuchli va mustaqil Ukraina Yevro-Atlantika mintaqasi barqarorligi uchun juda muhim va biz iyul oyida Vilnyusda bo‘lib o‘tadigan sammitda prezident Zelenskiy bilan uchrashishni intiqlik bilan kutmoqdamiz”, — dedi Stoltenberg.
NATO sammiti 11-iyul kuni Vilnyusda bo‘lib o‘tadi.
NATOga yo‘l: hozircha nimalar ma’lum?
2020-yil iyun oyida Shimoliy Atlantika kengashi Ukrainani NATOning Kengaytirilgan imkoniyatlar dasturi aʼzosi sifatida tan olgan edi.
2021-yil avgust oyida Estoniya prezidenti Kersti Kalyulayd Ukraina Rossiya tomonidan bosib olingan barcha hududlarni qaytarmaguncha NATOga aʼzo bo‘la olmasligini aytgan.
2022-yil 30-sentabrda keng ko‘lamli urush davom etayotgan bir paytda Vladimir Zelenskiy Ukrainaning NATOga tezlashtirilgan asosda qo‘shilishi bo‘yicha arizani imzoladi. Shundan so‘ng alyans bosh kotibi ular hozir Ukraina mudofaasini qo‘llab-quvvatlashga e’tibor qaratayotganini ta’kidladi.
NATOning yuqori martabali mulozimi jurnalistlarga aytishicha, Vilnyusdagi sammitda ittifoqchilar Ukraina masalasida “hammani qanoatlantira oladigan” formula topishni rejalashtirmoqda
Izoh (0)