AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp 4-aprel kuni sudga tortilishidan oldin Manxetten okrugi prokuraturasida hibsga olindi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Tramp rasman tarixda jinoiy javobgarlikka tortilgan birinchi prezident yoki sobiq AQSH prezidentiga aylanadi. Unga qarshi ayblovning ko‘plab tafsilotlari haligacha noma’lum.
Tez orada sobiq prezidentning barmoq izlari olinib, shundan so‘ng sud zaliga olib ketilishi kutilmoqda. Tramp hibsga olinganidan keyin uning qo‘liga kishan taqilmasligi ehtimoli katta, chunki u doimiy ravishda huquq-tartibot idoralari himoyasida qoladi.
AQSH sobiq prezidenti hibsga olinishidan oldin TruthSocial ijtimoiy tarmog‘ida post qoldirgan.
“Men Manxettendagi sud binosiga ketyapman. Bu juda syurreal ko‘rinadi, ular meni hibsga olishmoqchi. Bu Amerikada sodir bo‘layotganiga ishonmayman. MAGA! (Amerikani yana buyuk qil)”, — deyiladi postda.
MAGA (Make America Great Again — Amerikani yana buyuk qil) 2016-yilgi prezidentlik kampaniyasi paytida Tramp tomonidan ommalashgan Amerika siyosiy shiori hisoblanadi.