Qo‘qon pedagogika institutining qizlar yotoqxonasiga kamera o‘rnatilgani aniqlangandi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi holat nazoratga olinganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, vazirlik inson shaxsiy hayotiga o‘zboshimchalik bilan aralashish, shaxsiy ma’lumotlarni ochiqlashga urinish kabi xatti-harakatlarni qattiq qoralaydi, ushbu holatni talaba-qizlarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitish deb baholaydi. Hech kim inson erki va shaxsiy hayotiga daxl qilishga haqi yo‘q, deb hisoblaydi.
Shu sababli bevosita jarayonda ishtirok etib, xizmat vazifasini suiiste’mol qilgan 4 nafar mas’ul xodim, jumladan, voqeada bevosita ishtirok etgan prorektor egallab turgan lavozimidan ozod etilgan va bir nafar mutaxassisga intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan. Vazirlik voqea ishtirokchisi bo‘lgan qizlarning tazyiqsiz ta’lim olishi kafolatlanishini ma’lum qilgan.
Izoh (0)