“Joker” kinokartinasi yulduzi Xoakin Feniksning “Boning barcha qo‘rquvi” filmini suratga olish jarayonlarida ahvoli yomonlashib qoldi. Bu haqda film rejissori Ari Astar gapirib berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, aktyor suratga olish maydonchasida hushini yo‘qotgan.
“Petti uchun juda qizg‘in sahna bor edi (gap Xoakinning hamkasbi Petti Lyupon haqida ketmoqda). Kadr Xoakingga emas, unga qaratilgan edi. Keyin Xoaking birdan tushib ketdi. Men juda g‘azablandim, chunki bu yaxshi dubl edi. Men undan xabar olish uchun burchakka bordim va u hushidan ketgandi ”, — deydi film rejissori.
“U boshqa aktyorni suratga olish jarayonida hushidan ketdi. U hushini yo‘qotgunga qadar o‘sha yerda yordam berdi”, — deya qo‘shimcha qildi Ari Astar.
Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda bosh rolni Xoakin Feniks ijro etgan “Joker” filmini suratga olish jarayonidan olingan birinchi kadrlar paydo bo‘ldi. Kinokartinada Ledi Gaga, Brendan Glison, Zazi Betz va Ketrin Kiner ham ishtirok etadi. Ssenariy muallifi Todd Fillips va Skott Silver, loyihaning yangi qismi 2024-yilning 4-oktabrida namoyish etiladi.
Izoh (0)