Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 28-turida “Spetsiya” 2-aprel, yakshanba kuni “Salernitana”ni qabul qildi.
Uchrashuvning 43-daqiqasida mezbonlar himoyachisi Mattia Kaldara kutilmaganda o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Tanaffusga qadar hisob boshqa o‘zgarmadi.
70-daqiqada Eldor Shomurodov raqib himoyasidagi xatodan keyin yaxshi vaziyatga chiqib bordi va darvozabon ustidan to‘pni oshirib, muvozanatni tikladi. Mazkur hisob o‘yin yakuniga qadar saqlanib qoldi.
Qayd etish kerak, bu o‘zbekistonlik hujumchi uchun “Spetsiya” safidagi ilk gol bo‘ldi.
“Spetsiya” ochkolarini 25 taga yetkazib olgan holda 17-pog‘onada bormoqda. “Salernitana” (28) 15-o‘rindan joy olgan.
A Seriya
28-tur bahsi
2-aprel, yakshanba
“Spetsiya” – “Salernitana” 1:1
Gollar: 0:1 – 43, avtogol Kaldara, 1:1 – 70 Shomurodov.
“Spetsiya”: Drongovski, Amyan, Kaldara, Ampadu, Nikolau (Bastoni, 76), Ekdal (Visnevski, 85), Burabiya, Kovalenko (Jurkovski, 46), Jasi (Agudelo, 54), Verde (Maldini, 46), Shomurodov.
“Salernitana”: Ochoa, Domber, Danilyuk, Pirola (Fasio, 80), Bradarich, Sambiya (Kastanos, 80), Kandreva (Bohinen, 69), Vilena (Bonatssoli, 80), Kulibali, Pyontek (Majore, 55), Dia.
Ogohlantirish: Kulibali (77).
Izoh (0)