• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    U-20 Jahon chempionati Indoneziyada o‘tkazilmasligi mumkin. Mezbon shaharlar Isroilni qabul qilishni istamayapti, FIFA esa qur’ani bekor qildi

    Indoneziya 20-maydan 11-iyunga qadar futbol bo‘yicha U-20 Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Turnir pandemiya sababli ikki yildan buyon o‘tkazilmayotgandi, endi esa yangi muammo paydo bo‘ldi.

    Qur’a tashlash marosimi 31-mart kuniga belgilangan edi, biroq Bali gubernatori Vayan Koster Indoneziya yoshlar va sport vaziri Zaynudin Amaliga murojaat qilib, Isroilni musobaqadan chetlashtirishni talab qilganidan so‘ng marosim FIFA tomonidan bekor qilindi.

    FIFA 22-martdan 27-martga qadar Indoneziya stadionlarini tekshirgan. Turnir mamlakatning oltita shaharida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi.

    Foto: Getty Images

    Futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayevning yozishicha, ushbu oltita hududdan ikkitasi (Bali va Markaziy Yava) mezbon sifatida Isroilni qabul qilishdan bosh tortgan. Isroilga o‘z o‘yinlarini Singapurda o‘tkazish taklif etilgan.

    Qur’a FIFA tashabbusi bilan bekor qilindi, hozircha oqibatlar Isroilga emas, mezbonlarga tahdid solmoqda. Vaziyat tez orada o‘nglanmasa Indoneziya mezbonlikdan mahrum etilishi mumkin.

    Indoneziya futbol assotsiatsiyasi (PSSI) FIFA marosimning bekor qilinishiga hech qanday izoh bermagani va yangi sana belgilamaganini aytib o‘tdi.

    Mish-mishlarga ko‘ra, Indoneziya JCH—2026 saralash bosqichidan chetlashtirilishi mumkin. FIFA PSSI faoliyatiga hukumat aralashuvi tufayli Indoneziyani 2018-yilgi Jahon Chempionati va 2019-yilgi Osiyo Kubogi saralashidan chetlatgan edi.

    Keyinroq bu vaziyatga Indoneziya prezidenti Joko Vidono o‘z munosabatini bildirib, Isroilning turnirda ishtirok etishi Indoneziya va Falastin munosabatlarini o‘zgartirmasligi, sport va siyosat bir-biriga daxl qilmasligi borasida FIFA qoidasi borligi, Indoneziya futbol federatsiyasi rahbari Erik Tohir FIFA bilan muzokaralar olib borayotganini ta’kidladi. 

    Nega Indoneziya Isroilni JCHda ko‘rishni istamaydi?

    Indoneziyaning 90% aholisi islom diniga e’tiqod qiladi. Ular Isroil bilan diplomatik aloqa qilmaydi. 1988-yilda Indoneziya Falastin chegaralarini tan olgan birinchi davlatlar qatorida edi. Muammo haligacha hal etilmagan. 2022-yilning sentabr oyida Indoneziya tashqi ishlar vazirligi direktori Bagus Hendraning Kobarsix “Falastin Isroil okkupatsiyasi ostida” ekan diplomatik munosabatlar o‘rnatilmasligini ta’kidlagandi. 

    Foto: Getty Images

    Mamlakatlar o‘rtasida rasmiy diplomatik aloqalar bo‘lmasa-da, savdo va turizm bo‘yicha aloqalar mavjud. Hatto, 2022-yilda Indoneziya isroilliklarning o‘z hududiga kirishini biroz osonlashtirgan. Avval bu mamlakatga faqat chet el pasporti bilan yoki kamida 15 kishidan iborat turistik guruh tarkibida kirishi mumkin edi. Endi tashkillashtirilgan ekskursiya tugaganidan so‘ng ular mustaqil ravishda mamlakat bo‘ylab sayohat qilishi mumkin. 

    Indoneziya bir vaqtlar isroillik sportchilarni mamlakatga kirishini taqiqlagandi

    1962-yil Indoneziya poytaxtida yozgi Olimpiya o‘yinlari o‘tkaziladi va unda Isroil ham ishtirok etishi kerak edi. Biroq tashkilotchilar arab davlatlarining bosimi ostida isroilliklarga viza berishdan bosh tortadi. Keyingi yilda esa XOQ Indoneziyaning a’zoligini to‘xtatgan. 

    Isroil 1981-yilda Osiyo olimpiya qo‘mitasi a’zoligidan chiqdi. Shu sababli uzoq vaqtdan buyon bunday muammolar tug‘ilmagandi. 2018-yil Jakartada Osiyo o‘yinlari o‘tkazildi va unda Isroilning Moovit startap-kompaniyasi rasmiy hamkor bo‘lgan.

    Isroil ilk bor Jahon chempionatiga chiqdi, u yerda 24 ta jamoa ishtirok etishi kerak

    Isroil 2022-yil Slovakiyada bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionati orqali turnirga yo‘llanmani qo‘lga kiritgandi. Terma jamoa Serbiya bilan durang o‘ynab, Avstriyani mag‘lub etib, Angliyaga yutqazdi va pley-offga yo‘l oldi. Yarim finalda Fransiya mag‘lub etilgan. Finalda esa Angliyaga imkoniyat boy berilgan. 

    Isroil 2023-yilgi yoshlar o‘rtasidagi mundialda ishtirok etadigan Yevropaning beshta jamoasidan biri (qolgan terma jamoalar: Angliya, Fransiya, Italiya va Slovakiya). Jahon chempionatining ikkita debyutanti bor — Dominikan Respublikasi va Isroil.

    Foto: Getty Images

    Format kattalar o‘rtasidagi Yevropa Chempionati kabi bo‘ladi: to‘rtta jamoadan iborat oltita guruh, pley-offga birinchi va ikkinchi o‘rinlardan tashqari eng yaxshi to‘rtta uchinchi o‘rin sohiblari yo‘l oladi. 

    Birinchi savatchada fransuzlar va italiyaliklar, ikkinchisida inglizlar va braziliyaliklarni, shuningdek, turnirda Iroq va Fiji orollarini ham ko‘rish mumkin. To‘rtinchi savatchada Gambiya va Dominikan Respublikasi joy olgan. 

    Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-20 terma jamoasi 2023-yilgi Osiyo Kubogi sohibi sifatida turnir yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Ravshan Haydarov shogirdlari finalda Iroq ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozongandi. 

    29.03.2023, 17:55   Izoh (0)   14164
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston terma jamoasi sentabr oyida Bolgariyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etadi

    29.03.2023, 17:18

    Janubiy Amerika vakili ustidan qozonilgan ilk g‘alaba, Katanes boshqaruvidagi 16-o‘yin. O‘zbekiston terma jamoasining mart oyidagi o‘yinlariga oid raqamlar

    29.03.2023, 13:07

    Superliganing 4-tur boshlanish vaqti va ularda ishtirok etadigan hakamlar e’lon qilindi  

    29.03.2023, 11:55

    O‘rtoqlik o‘yinlari. Argentina 7 ta gol urdi, Messidan het-trik, Belgiya 5 ta gol urilgan o‘yinda Germaniyani yengdi

    29.03.2023, 09:52

    O‘rtoqlik o‘yini. O‘zbekiston terma jamoasi Venesuela bilan durang o‘ynadi

    29.03.2023, 02:57

    O‘rtoqlik o‘yini. O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Rossiyaga mag‘lub bo‘ldi 

    28.03.2023, 13:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10

    Saudiya Arabistoni Superkubogi. “Al-Ahli” Ronaldu boshchiligidagi “An-Nassr”ni mag‘lub etib bosh sovringa ega chiqdi

    Sport | 23 avgust, 19:50

    O‘tgan 32 yil: Sobiq Sovet davlatlarida aholi jon boshiga daromad qanday o‘zgardi?

    O‘zbekiston | 23 avgust, 19:39

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.