• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Moda

    Merilin tuflisi, Beatles krossovkasi: Mashhur insonlar sharafiga nomlangan garderob elementlari (foto)

    Moda uylari va brendlar ko‘pincha o‘z mahsulotlarini mashhur insonlarning nomi bilan atashadi, buning uchun ular bilan hamkorlik qilish shart emas, ba’zi dizaynerlar o‘tgan yillardagi uslublardan ilhomlanib bu narsalarni yaratgan.

    Keyt Middlton nomi bilan atalgan oq bluzka

    Foto: The Voice 

    Keyt Middlton — kiyinish borasidagi nafis va ajoyib tanlovi bilan ko‘plab ayollarning qalbidan joy olgan. Kembrij gersoginyasi amerikalik va britaniyalik dizaynerlarning oddiy uslubdagi kiyimlarini kiyishni afzal ko‘radi va ommaviy ishlab chiqarilgan mashhur brend liboslarini kiyishdan uyalmaydi. Ba’zi brendlar qirollik sevgisiga minnatdorchilik sifatida kiyimlarini monarxlar nomi bilan atashadi. Britaniyaning Whistles brendi bluzka ishlab chiqardi va uni Keyt deb nomladi. Bu Middlton oq Whistles bluzkasini kiygan holda unashtiruv marosimiga kelganidan keyin sodir bo‘ldi. Ko‘p o‘tmay do‘kon peshtaxtalarida gersoginya nomi bilan atalgan xuddi shu modeldagi bluzka paydo bo‘ldi. Bluzka chegaralangan miqdorda ishlab chiqarilgan.

    Keyt Middltonning obrazlari nafaqat jurnalistlar, balki dizaynerlarning ham e’tiboridan chetda qolmaydi. U chiqishlarining birida MaxMara klassik yoqasi bor oq kashmir paltosida namoyon bo‘lgach, brend kiyim modelini qaytadan chiqardi va uni gersoginya sharafiga nomladi.

    Foto: The Voice 

    Moda muzeyi ko‘rgazmalar bo‘limi boshlig‘i Polina Uxanovaning so‘zlariga ko‘ra, birinchi bo‘lib dizaynerlar va modelyerlar qirollik oila a’zolari, ularning sevimlilari va aristokratiya vakillari hamkorlik qilgan. Birinchi moda mahsuloti XVII asrning “floranj” bantigi bo‘lib, Lui XIV ning sevgilisi Anjelik de Floranj nomi bilan atalgan.

    Bridjit Bardo bardotkasi

     

    Foto: The Voice 

    Dizaynerlar o‘z ijodlarini faqatgina qirollik oila a’zolariga bag‘ishlamadi. Tor, qattiq matodan ishlangan bluzka aktrisa Brijit Bardo sharafiga — bardotka deb atalgan. U filmlardan birida shu bluzkada namoyon bo‘ldi va kiyim tezda mashhur bo‘ldi. Kiyim fransuz dizayneri Jan-Pol Gotye tomonidan yaratilgan. U bluzkalarning bir nechta turlarini ishlab chiqdi. Dizayner tomonidan o‘ylab topilgan bardotka sahnadagi chiqishlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, uni kechki tadbirlarga ham kiyish mumkin. Bugungi kunda bardotka bluzkasi zamonaviy modaga qarab kiyinuvchi ayollar garderobining ajralmas qismiga aylandi va Dolce & Gabbana modalar uyi kabi dizaynerlar orasida eng sevimli kiyimdan biriga aylandi.

    Bleyk Layvli nomiga qo‘yilgan poyabzal

    Foto: “Yandeks.ru”

    Ko‘pgina modani kuzatuvchi ayollar garderoblarida Kristian Lubuten poyabzali bo‘lishini orzu qiladi. Agar harakat qilsangiz, bu istak amalga oshishi mumkin. Biroq elita poyabzal dizayneri o‘zining eng yaxshi ijod namunalaridan birini kimningdir nomiga qo‘yganini maqtash umuman boshqa masala. Amerikalik aktrisa Bleyk Layvli ham bor. Gollivud modaistining kolleksiyasida 300 ga yaqin poyabzal bor, ulardan 40 tasi lubuten hisoblanadi.

    Foto: The Voice 

    Bleyk yozda Parijda “G‘iybatchi qiz” filmining suratga olish jarayonlarida dizaynerning ish joyiga ekskursiyaga boradi. U aktrisaga o‘sha paytda yaratayotgan oyoq kiyim modelini ko‘rsatdi. Oyoq kiyimlarning go‘zalligidan hayratda qolgan aktrisa dizaynerga oyoq kiyimlarini yostig‘i ostiga qo‘yib uxlashga tayyorligini aytdi va kutilmagan javobni oldi.

    “Men ularni sizning sharafingizga nomlayman”, — deb aytadi va 2010-yilda Kristian Lubuten The Blake deb nomlangan bosonojkalar modelini chiqardi. U turli rangdagi kamar va ingichka shpilkalardan tashkil topgan.

    Merilin tuflisi

    Foto: The Voice

    XX asrning eng mashhur aktrisalaridan biri Merilin Monro ham ko‘plab zamonaviy dizaynerlar uchun ilhomlantiruvchi hisoblanadi. 2012-yilda Fratelli Rossetti italyan poyabzal brendi Merilin Monro sharafiga tufli yaratdi va ularni Lady Brera deb nomladi. Tufli klassik Brera loafersning biroz o‘zgartirilgan modeli bo‘lib, uchli va poshnali tuzilishga ega. Poyabzalning yorqin qizil rangi Merilinning sevimli lab bo‘yog‘ining rangini eslatadi va ushbu modelni ishlab chiqarish uchun asosiy materialga aylangan timsoh terisi poyabzal nomiga qaraganda kamroq e’tiborni tortadi.

    Foto: The Voice

    Qirolicha uchun ajoyib poyabzal

    Ledi Gaganing g‘ayrioddiy uslubi va o‘zgachaligi bir vaqtning o‘zida ikkita taniqli rassom uchun ilhom manbai bo‘ldi — Brayan Etvud va Kristian Lubutin o‘zlarining poyabzallarini xonandaga bag‘ishladi. Dizayner Brayan Etvudning Fame qora charmdan ishlangan, poshnalari oltin rangli poyabzali 2012-yilda taqdim etildi va bir vaqtning o‘zida xonanda tomonidan chiqarilgan xuddi shu nomdagi parfyum shishasiga o‘xshardi. Xonandaga 23 sm balandlikdagi poshnali va og‘ir platforma shunchalik yoqdiki, u tez-tez omma oldida bu oyoq kiyim bilan ko‘rinish berdi.

    Foto: The Voice

    Yana bir dizayner Kristian Lubutin Ledi Gaga uchun poyabzal yaratdi. Yupqa poshnali teridan yasalgan poyabzal xonanda afzal ko‘rgan baland platformadan qolishmadi. Oyoq kiyim shu qadar mashhur bo‘ldiki, dizayner modelga turli xil bezak va ranglarni qo‘shishga qaror qildi.

    Beatles guruhining qo‘shig‘i nomi bilan atalgan krossovka

    Musiqa sanoati vakillari ko‘pincha o‘z nomi bilan atalgan kolleksiyalarning egalari bo‘ladi. Amerikaning Vans sport poyabzallari brendi Beatles a’zolari bilan birgalikda 2014-yilda guruhning shu nomdagi qo‘shig‘iga bag‘ishlangan Yellow Submarine krossovkalari kolleksiyasini yaratdi. Bu g‘oya kompaniya rassomlariga 1968-yilda chiqqan “Sariq suv osti kemasi” multfilmini tomosha qilgandan keyin kelgan. Kolleksiya guruh a’zolarining animatsion portretlari va multfilmning turli sahnalari aks ettirilgan to‘rt juft klassik krossovkadan iborat.

    Foto: The Voice 

    Birkin va Kelli sumkalari

    Foto: The Voice 

    Eng afsonaviy va orzulardagi aksessuarlardan biri, Hermes moda uyining sumkalari o‘z nomlarini tarixda qoldirdi. Sumkaning nomi modada iz qoldirgan ayollar sharafiga qo‘yilgan.

    Birkin sumkasi g‘oyasi fransuz aktrisasi Jeyn Birkinga tegishli. Hermer modular uyi direktori 1984-yilda aktrisa bilan bir samolyotda uchgan. Aktrisa suhbat davomida hamyonida ichki bo‘limlar yo‘qligidan shikoyat qildi, keng va yaxshi modeldagi sumkaga ega bo‘lish ajoyibligini aytdi. Jeyn Birkin nomini olgan mashhur Hermes sumkasi g‘oyasi paydo bo‘lganda, samolyotdagi suhbat moda sanoatini tubdan o‘zgartirdi. Bu buzoq terisidan tayyorlangan model bo‘lib, uning standart o‘lchamlari 35, 40 va 45 santimetrni tashkil etadi. Sumkaning lakonik dizayni kichik oltin yoki platina qisqichdan, shuningdek, mahsulotning astaridagi kompaniya brendidan tashqari hech qanday bezaklardan iborat emas.

    Foto: The Voice 

    Kelli sumkasi o‘zining mashhur “singlisi”dan ancha oldin, XIX asrning 90-yillarida ishlab chiqarilgan va “Sac à dépêches” deb nomlangan. Sumka 1956 yilda, Monako malikasi Greys Kelli tufayli mashhurlikka erishdi. Uning fotosuratlari Life jurnalining muqovasida chop etildi va sumkani eng qimmat aksessuarlardan biriga aylantirdi. Xuddi shu yili Hermes modalar uyi sumkaning modelini o‘zgartirdi va unga rasmiy Kelli nomini berdi. Sumka trapezoidal shaklga ega va bitta tutqichdan iborat, biroq uni yelkaga taqsa ham bo‘ladi. Bugungi kunda mazkur modelning turli xil rang va o‘lchamdagi varianlari mavjud.

    Birinchi xonim uchun sumka

    Hermesning Kelli sumkasi singari Gucci tomonidan yaratilgan Jackie O sumkasi dastlab mashhur inson uchun ishlab chiqarilmagan, biroq sumka modeli egasi tufayli butun dunyoga mashhur bo‘lgan nomni oldi. 1947 yilda Gucci bambuk tutqichli va charmdan tikilgan ayollar aksessuari Icon yelkaga taqiladigan sumkasini chiqardi. Keyinchalik sumka modeli Amerikaning birinchi xonimi Jaklin Kennedi Onassis nomini oldi.

    Foto: The Voice 

    Jeki 60-yillarda ko‘pincha sevimli sumkasi bilan tadbirlarda ko‘rinish berdi. Gucci sumka modelining muvaffaqiyati ortidan, sumkaning nomi o‘zgartirilib, u eng mashhur egasi Jeki nomi bilan ataldi. Keng sumka kesilgan piramidaga o‘xshaydi, H shaklidagi katta qisqichga ega va kalta tasmadan iborat. 2009-yilda Gucci modelni yangiladi, brend o‘rtacha va katta o‘lchamda, turfa rangdagi sumkalarni o‘z ichiga olgan yangi New Jackie O aksessuarlar kolleksiyasini chiqardi.

    29.03.2023, 15:30   Izoh (0)   7424
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kiyinishda nafaqat zamonaviy, balki bir necha yilga yoshroq ko‘rinishga yordam beradigan maslahatlar

    10.03.2023, 20:50

    Xushbo‘y gullar, tozalik ifori: hammaga birdek yoqadigan 10 ta bahoriy atir

    10.03.2023, 11:59

    Qanday qilib bahorda kiyim bilan ozg‘in ko‘rinishga ega bo‘lish mumkin: kiyinish borasidagi 5 ta maslahat

    28.02.2023, 21:45

    Paypoq yordamida hech qachon urfdan qolmaydigan soch turmagini yaratamiz (foto)

    26.02.2023, 18:17

    Koko Shanel va uning 20-asr moda olamini o‘zgartirgan 8 ta ixtirosi (foto)

    22.02.2023, 16:37

    Avvaliga Maykl Jordanga ham yoqmagan: mashhur Air Jordan krossovkalari qanday paydo bo‘lgan?

    20.02.2023, 20:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashining uch mulozimi ishdan olindi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 23:40

    “Manchester Siti” sobiq futbolchisini ortga qaytaradi — Romano

    Sport | 25 iyul, 22:50

    Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 22:39

    “Amerikaliklarning 53 foizi Epshteyn ishi Tramp tufayli e’lon qilinmayapti deb hisoblaydi” — so‘rovnoma

    Dunyo | 25 iyul, 22:15

    “Kanada Falastin davlatining BMTda tan olinishiga intilmoqda” — Mark Karni

    Dunyo | 25 iyul, 21:53

    ESPN. Dunyoning eng yaxshi bokschilari reytingi yangilandi

    Sport | 25 iyul, 21:45

    Braziliya AQSHni prezidentga qarshi to‘ntarish tayyorlashda gumon qilmoqda

    Dunyo | 25 iyul, 21:27

    Moskvada 50 yoshli nogironni o‘ldirgan o‘zbekistonlik migrantga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    Dunyo | 25 iyul, 20:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.