Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2023-yilda O‘zbekiston aholisi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlari oshirilmaydi. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonov maʼlum qildi.

Dilshod Sultonov
Foto: AOKA

Dilshod Sultonovning aytishicha, tariflarni belgilash bo‘yicha variantlar ko‘rib chiqilmoqda.

“Narxlar oshadimi yo‘qmi, aniq ayta olmayman. Ammo aholi uchun aniq oshmaydi. Hozirda ushbu masala bo‘yicha muhokamalar ketmoqda, turli variantlar ko‘rib chiqilmoqda. Agar fuqaroning maoshi kam bo‘lsa, elektr energiyasi va gazdan tejamkorlik bilan foydalansa, bunday odamlarni rag‘batlantirish kerak. Bu qoida aksariyat mamlakatlarda amal qiladi. Bir kuni biz ham bunga yetib boramiz”, — dedi vazir o‘rinbosari.

2022-yil mayda Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika resurslarining narxlarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun eʼlon qilingandi. Qaror loyihasida elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlarini ijtimoiy norma asosida belgilash va oshirish nazarda tutilgan.

Keyin Energetika vazirligi qarori loyihasi ishchi guruh tomonidan o‘rganilayotganini, tariflar 2022-yil 1-iyuldan elektr va gaz narxi oshmasligini maʼlum qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Maslahatlar
Jazirama yoz: issiq kunlarda o‘zingizni qulay his qilishingizga yordam beradigan 10 ta tavsiya
Mahalliy
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Namangan viloyatida sezildi
Sport
U-20 JCH—2023. Argentina va Angliya musobaqani tark etdi, Braziliya hamda Italiya chorak finalda