Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Jizzax viloyati Zarbdor tumanida 26 yoshli yigit qarzini bermagani uchun tanishini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi

Xabarga ko‘ra, Zarbdor tumani “Yangikent” mahalla fuqarolar yig‘inida yashagan, Jizzax textil MCHJ da qorovul bo‘lgan 1987-yilda tug‘ilgan fuqaro “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi 1997-yilda tug‘ilgan tanishidan qarzdor bo‘lgan. Yigit qarzni bermayotgani uchun ushbu tanishining ish joyiga, MCHJ avtoturargohiga kelgan. 

Shu vaqt ayblanuvchi erkakning bo‘yniga yonida bo‘lgan pichoq bilan bir marotaba urgan. Oqibatda 1987-yilda tug‘ilgan fuqaro voqea joyida halok bo‘lgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Xorazmda maktab direktori imtihonga kech kelgan o‘quvchini kaltakladi
Mahalliy
Sirdaryoda qayiqda daryo kechib maktabga qatnaydigan qiz o‘qishini sport markazida davom ettiradigan bo‘ldi
Dunyo
Hindistonda ziyoratchilar o‘tirgan avtobus daraga quladi, 10 kishi halok bo‘ldi (foto)