Hindiston mezbonligida o‘tayotgan boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionatining 22-mart, chorshanba kungi bahslarida uch nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tarildi.
-48 kg vazn toifasida Farzona Fozilova Mo‘g‘uliston vakili Altanseseg Lusiaxanga qarshi ringga ko‘tarildi va 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Yana bir chorak final bahsida -63 kg vazn toifasi Xadichabonu Abdullayeva rossiyalik Natalya Sichyugovaga mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi.
Navbahor Hamidova (-66 kg) esa jazoirlik Imane Helifga qarshi ringga ko‘tarildi. O‘zbekistonlik bokschi raqibiga 0:5 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Izoh (0)