Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Hindiston mezbonligida o‘tayotgan boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionatining 21-mart, seshanba kungi bahslarida uch nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tarildi.

Foto: Boks federatsiyasi

-48 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Farzona Fozilova nimchorak finalda serbiyalik Snejana Siljkovichga qarshi to‘qnash keldi va raqibiga imkon qoldirmadi (5:0).

-63 kg vazn toifasi vakili Xadichabonu Abdullayeva ham Serbiya sportchisi Yelena Yanichiyevichdan 5:0 hisobida ustun keldi.

Navbahor Hamidova (-66 kg) esa mezbonlar vakili Manju Bamboriya ustidan ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi (5:0).

Shu tariqa uch nafar o‘zbekistonlik bokschi musobaqaning chorak finaliga yo‘llanma oldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
“Manchester Siti” yoki “Inter” hujumchisi tarixda qoladi. Bir mavsumda ham YCHL, ham JCH kubogini qo‘lga kiritgan to‘qqiz futbolchi haqida
Dunyo
Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo kutilmagan tashrif bilan Kiyevga keldi (foto)
Sport
“PSJ” Lionel Messiga o‘rinbosar sifatida “Manchester Siti” yetakchisini olib kelmoqchi