Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 28-turida “Arsenal” 19-mart, yakshanba kuni “Kristal Pelas”ni qabul qildi.
Uchrashuvning 28-daqiqasida Gabriel Martinelli mezbonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, bo‘lim so‘ngida Bukayo Saka ikkinchi golni urdi. Ikkinchi bo‘lim boshida Granit Jaka hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.
63-daqiqada mehmonlar javob to‘pini kiritdi. 74-daqiqada Saka dublni rasmiylashtirgan holda yakuniy hisobni o‘rnatdi.
Shu tariqa Mikel Arteta shogirdlari ochkolarini 69 taga yetkazib oldi va yakka peshqadamlikda davom etmoqda. Bitta zaxira o‘yiniga ega “Manchester Siti” hisobida 61 ochko bor.
APL
28-tur bahsi
19-mart, yakshanba
“Arsenal” – “Kristal Pelas” 4:1
Gollar: 1:0 – 28 Martinelli, 2:0 – 43 Saka, 3:0 – 55 Jaka, 3:1 – 63 Shlupp, 4:1 – 74 Saka.
“Arsenal”: Remsdeyl, Uayt (Jorjinyo, 83), Holding, Gabriel (Kiver, 86), Zinchenko (Tirni, 65), Jaka, Parti, Edegor, Saka, Trossard (Gabriel Jezus, 65), Martinelli (Smit-Rou, 83).
“Kristal Pelas”: Uituort, Uord, Tomkins, Gexi, Mitchell, Milivoyevich (Hyuz, 65), Shlupp (Axamada, 82), Dukure, Olise (Eze, 82), Zaa, Eduar (Ayyu, 65).
Izoh (0)