Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Saudiya Arabistoni chempionatining 21-turida “An-Nassr” 18-mart, shanba kuni “Abha” bilan bahs olib bordi.

Foto: Getty Images

Uchrashuvning 26-daqiqasida “Abha” futbolchisi Adam hisobni ochdi. 78-daqiqada esa Ronaldu jarima zarbasidan gol urib, muvozanatni tikladi. 86-daqiqada Anderson Taliska penaltidan unumli foydalanib, “An-Nassr”ga g‘alaba keltiruvchi gol muallifiga aylandi. 

Jaloliddin Masharipov 88-daqiqada G‘arib o‘rniga maydonga tushdi. 

“An-Nassr” 49 ochko bilan musobaqa jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. Birinchi o‘rindagi “Al-Ittihod”da 50 ochko mavjud.


Saudiya Professional Ligasi

21-tur bahsi

18-fevral, shanba

“An-Nassr” – “Abha” 2:1

Gollar: 0:1 – 26 Adam, 1:1 – 78 Ronaldu, 2:1 – 86 Taliska (penalti).

“An-Nassr”: Al-Akidi, Al-Ganam (Bushal, 88), Alvaro Gonsales, Al-Amri, Konan, Taliska, Luis Gustavo, Al-Sulayhim (Maran, 46; Al-Avjami, 90), Al-Haybari (Al-Hassan, 65), Ronaldu, G‘arib (Masharipov, 88).

“Abha”: Epassi, Al-Hamsal (Amro, 75), Natik, Atushi, Al-Zori, Al-Saluli (Al-Omran, 85), Al-Sudani, Saddiki (Matich, 75), Bguir, Kaysedo (Alsadi, 74), Adam (Al-Zahrani, 90).

Ogohlantirishlar: Kaysedo (32), Al-Haybari (33), Al-Sulayhim (38), Al-Sudani (77), Adam (85), Bguir (90), Konan (90).

Chetlatish: Al-Sudani (80).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Eldor Shomurodov O‘zbekiston terma jamoasidagi gollari soni bo‘yicha Maksim Shatskixning rekordini takrorladi 
Mahalliy
Qashqadaryoda Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha navbatdagi targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi
Mahalliy
O‘zbekistonda so‘nggi 10 yilda zilzilalar oqibatida 16 kishi halok bo‘lgan