Uzbekistan Airways yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, sayyohlar oqimini ko‘paytirish maqsadida 26-martdan boshlab Toshkentdan London, Frankfurt va Riga shaharlariga parvozlar sonini oshiradi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.
26-martdan boshlab Toshkent—London—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar soni haftasiga 2 martadan 3 martagacha oshiriladi. Seshanba va juma kunlaridan tashqari, yakshanba kunlari ham parvozlar amalga oshiriladi.
29-martdan esa Toshkent—Frankfurt—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar sonini haftasiga 3 martadan 4 martaga ko‘paytiradi. Bundan buyon Frankfurtga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar dushanba, chorshanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.
Shu sanadan Toshkent—Riga—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar soni haftasiga 3 martagacha oshiriladi. Yo‘lovchilar to‘g‘ridan to‘g‘ri aviatashuvlarda dushanba, chorshanba va juma kunlari sayohat qilishi mumkin.
Shu bilan birga, Uzbekistan Airways yozgi parvozlar jadvaliga o‘tishi munosabati bilan 28-martdan Toshkent—Milan—Toshkent, 31-martdan boshlab esa Toshkent—Parij—Toshkent yo‘nalishlarida aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yayotganini ma’lum qildi.
Izoh (0)