• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Bolalar mehnati taqiqlanadi”. O‘zgarayotgan konstitutsiyada majburiy mehnatga doir yangi norma kengaytirilmoqda

    Yangi tahrirdagi O‘zbekiston konstitutsiyasiga majburiy mehnatni taqiqlashga oid kengaytirilgan modda kiritilmoqda. Kasaba uyushmalari federatsiyasi bo‘lim mudiri Nodira G‘oyibnazarova “Daryo”ga bergan intervyusida ushbu moddada ko‘zda tutilgan muhim jihatlarni sharhladi.

    Majburiy mehnatga oid norma kengayadi

    Yangilanayotgan konstitutsiyada majburiy mehnatga doir norma kengaytirilmoqda. Yaʼni amaldagi konstitutsiyaning 37-moddasida majburiy mehnat taqiqlangani belgilangan bo‘lsa, yangi normada bolalar mehnatini taqiqlash ham qo‘shilmoqda.

    “Sud qarori bilan tayinlangan jazoni ijro etish tartibidan yoxud qonunda nazarda tutilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi. Bolalar mehnatining bolaning sog‘lig‘iga, xavfsizligiga, axloqiga, aqliy va jismoniy rivojlanishiga xavf soluvchi, shu jumladan uning taʼlim olishiga to‘sqinlik qiluvchi har qanday shakllari taqiqlanadi”.

    Sud qarori bilan tayinlangan jazoni ijro etish tartibi tushunarli. Boshqa holatlar nimalardan iborat, degan savol tug‘iladi. Bunda harbiy xizmatni o‘tash, favqulodda vaziyatlar, yaʼni turli tabiiy ofatlar vaqtida, epidemiyalar tarqalganda fuqarolar vijdonan bajaradigan ishlar majburiy mehnat hisoblanmaydi.

    Aynan shu normalarni konstitutsiyaga kiritilishi xalqning xohishi bilan bo‘lmoqda. Nega mazkur qoidalar konstitutsiyaga kiritilishi so‘raldi? Chunki boshqa normativ hujjatlardagi qoidalar vakolatli davlat organlari tomonidan o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Ammo norma asosiy qonunga kiritilarkan, unga xalq ovoz bermoqda. Buni faqat xalqning xohishi bilan o‘zgartirish mumkin. Va bu, to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlovchi norma bo‘ladi. Uni osongina o‘zgartirishning imkoniyati bo‘lmaydi.

    Albatta biz hozir “bola mehnati yo‘q, majburiy mehnatni bartaraf etdik”, deb eʼtirof etyapmiz. Lekin majburiy mehnat xavfi hamisha bo‘ladi.

    Nodira G‘oyibnazarova
    Foto: “Daryo”

    “Majburiy mehnat qurbonlari ko‘proq muhojirlar”

    Xalqaro tadqiqotlarga ko‘ra, majburiy mehnat holatlari mehnat migrantlarimiz orasida ko‘p uchraydi. Ular o‘z mamlakatini tashlab, boshqa davlatlarga borib ishlamoqchi bo‘lganida, u yerdan tanish-bilish topadi yoki uni ishga taklif qilgan tomon bilan maʼlum shartlashuvlar bo‘ladi. Ishga taklif qilgan tomon chiptalar olib berishi, yo‘l xarajatlarini qoplashi mumkin. Migrant unga ishonib chet elga boradi, lekin qoplangan xarajatlar to‘lovi albatta bo‘ladi. Ularni to‘lash uchun ishlab pul topish kerak.

    Bu orada muhojir qayerdadir yashashi kerak va hakozo. Oqibatda qoplangan xarajatlarini qaytarish uchun topgan pulini bersa, o‘zining turmush zaruratlariga pul yetkaza olmaydi. Sekin-asta u zamonaviy qullikka o‘tib boradi. Belgilangandan ortiq ishlashga majbur bo‘ladi. Chunki unga endi tazyiq o‘tkaziladi. Fuqarolik pasportini olib qo‘yish yoki katta qarzdorlikka kiritib yuborish orqali ham u qullikka mahkum qilinadi. Hozirda shu kabi majburiy mehnatlarni taqiqlash masalasi butun dunyo hamjamiyati eʼtiborida. Va O‘zbekiston xalqi ham bevosita “bu modda bizning konstitutsiyamizda bo‘lsin, bizning qonunimizga kirsin”, deb bergan taklif juda to‘g‘ri va o‘rinli deb hisoblaymiz.

    Foto/Telegram

    “Paxtani majburan teradigan davrlar o‘tdi”

    Sir emas, paxtaga olib chiqish yoki dala ishlariga jalb etish holatlari nafaqat o‘qituvchilar, tibbiyot xodimlari, balki talabalar, o‘quvchilar orasida ham ko‘p edi. O‘qituvchi taʼlim berish, tibbiyot xodimi davolash va malakasini oshirib borish o‘rniga 2–3 oy, baʼzida yarim yillab dalada ishlashiga to‘g‘ri kelardi. Biz buning oqibatlarini ko‘rdik.

    Talabalik davrimni eslayman, ozgina o‘qish bo‘lardi va haroratning qanday ekaniga qaramay paxta dalalariga borilardi. Yaʼni bu majburiy mehnat edi.

    Lekin bugun unday emas. Buni xalqaro hamjamiyat ham tan olyapti. Albatta, bular osonlikcha bo‘lgani yo‘q. Xalqaro kuzatuvchilar kelib, O‘zbekistonni nazorat qilishi, o‘zimizdagi fuqarolik institutlarining befarq emasligi, davlat boshqaruv organlari, hattoki milliy komissiya tashkil etilgani natijasida mamlakatda majburiy mehnat bartaraf etildi. Xalqaro hamjamiyat ham “O‘zbekiston boshqa davlatlarga ham namuna bo‘la oladigan davlatlar qatoriga kirdi”, deb eʼtirof etdi.

    Nodira G‘oyibnazarova
    Foto: “Daryo”

    Bolalar mehnatiga qo‘yilayotgan taqiq

    Xalqaro mehnat tashkiloti maʼlumotlariga ko‘ra, bugungi kunda 218 million nafar bola majburiy mehnat qurbonidir. Shundan 89 million nafari xavfli va zararli ishlarda mehnat qilmoqda.

    Konstitutsiyamizda bolaning sog‘lig‘iga, xavfsizligiga, jismoniy, aqliy, ruhiy rivojlanishiga va uning taʼlim olishiga xavf soladigan har qanday majburiy mehnatning taqiqlanishi kelajak rivojiga ham juda katta hissa qo‘shadi.

    Bolalarga 16 yoshdan ishlashga ruxsat beryapmiz. Bunda mehnat davomiyligi haftasiga 36 soatdan oshmasligi belgilanyapti. To‘g‘ri, 15 yoshdan yoki undan kichik yoshda ham ishlash mumkin. Biroq buning ham o‘z chegaralari bor. Masalan, 16 yoshdan kichik bolalarni ota-onalarining yozma roziligi bilan madaniy tomosha tadbirlarida, ijodiy jarayonlarda mehnat qilishi mumkin.

    Ammo u qandayligi, yaʼni og‘irmi yoki yengil mehnatligiga albatta eʼtibor qaratishimiz lozim. Masalan, bolaning xavfli ishlarda ishlashi taqiqlanadi. Bugungi kunda 18 yoshgacha bo‘lgan, voyaga yetmagan bolalarning xavfli ishlarda ishlashini taqiqlash bo‘yicha 8 mingdan ortiq ro‘yxat tasdiqlangan. Masalan, og‘ir ishlarga yuk ko‘tarish bilan bog‘liq ishlar kiradi.

    Men oddiyroq, hayotimizda uchraydigan ayrim misollarni keltirmoqchiman. Masalan, savdo sohasini, tamaki mahsulotlari, spirtli ichimliklar sotuvini olaylik. Bolani sotuvchilikka o‘tqizib qo‘ysak. U pulni oladi, kartadan pul yechadi, hech bir og‘ir joyi yo‘q-ku, deb o‘ylashingiz mumkin. Lekin bolaning maʼnaviyatiga salbiy taʼsir o‘tkazishi sababli bu ishlar taqiqlangan.

    Islombek Umaraliyev suhbatlashdi

     

    15.03.2023, 19:55   Izoh (0)   5947
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Andijonda qarzdor onadan 2 nafar farzandi uchun 32 mln so‘m aliment puli undirildi

    15.03.2023, 19:51

    “Sovrinni halollab, ot ustida mardonavor turish bizni ruhlantiradi” — qashqadaryolik chavandoz

    15.03.2023, 19:45

    Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Anqara shahriga keldi

    15.03.2023, 19:31

    Navoiyda 12 qavatli binoning derazalari devorga biriktirilmagani aniqlandi

    15.03.2023, 18:50

    O‘zbekistonda “Quyoshli mahalla” tanlovi o‘tkaziladi 

    15.03.2023, 18:41

    Jizzaxda 115 kg nomaʼlum hayvon go‘shtini olib ketayotgan haydovchi ushlandi  

    15.03.2023, 18:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashining uch mulozimi ishdan olindi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 23:40

    “Manchester Siti” sobiq futbolchisini ortga qaytaradi — Romano

    Sport | 25 iyul, 22:50

    Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 22:39

    “Amerikaliklarning 53 foizi Epshteyn ishi Tramp tufayli e’lon qilinmayapti deb hisoblaydi” — so‘rovnoma

    Dunyo | 25 iyul, 22:15

    “Kanada Falastin davlatining BMTda tan olinishiga intilmoqda” — Mark Karni

    Dunyo | 25 iyul, 21:53

    ESPN. Dunyoning eng yaxshi bokschilari reytingi yangilandi

    Sport | 25 iyul, 21:45

    Braziliya AQSHni prezidentga qarshi to‘ntarish tayyorlashda gumon qilmoqda

    Dunyo | 25 iyul, 21:27

    Moskvada 50 yoshli nogironni o‘ldirgan o‘zbekistonlik migrantga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    Dunyo | 25 iyul, 20:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.