Jizzax viloyati yo‘l patrul xizmati postida 115 kg nomaʼlum hayvon go‘shtini olib ketayotgan haydovchi ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, viloyati IIB JXX JTSB karantin tadbirlarini taʼminlash guruhi xamda viloyat veterinariya boshqarmasi xodimlari G‘allaorol tumanidagi “Sangzor-15” YPX maskanida Lacetti’ni to‘xtatib, tekshirgan. Tekshiruvda mashinada fuqaro A.S ga tegishli 115 kg go‘sht borligi aniqlangan.
U nomaʼlum hayvon go‘shtiga tegishli hujjatlarni taqdim eta olmagan. Shuningdek, go‘shtni Buxorodan Toshkent shahriga sotish maqsadida olib ketayotganini maʼlum qilgan. Mahsulot tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.

Izoh (0)