Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning taklifiga binoan 15-mart kuni amaliy tashrif bilan Anqara shahriga jo‘nab ketdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, davlat rahbari Turkiy davlatlar tashkilotining favqulodda vaziyatlarni boshqarish va gumanitar yordam ko‘rsatish borasida ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan navbatdan tashqari sammitida ishtirok etadi.
Sammit doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)