Afg‘onistonning G‘ur viloyatida erkak homilador ayolini otib o‘ldirdi. Bu haqda mahalliy manbalarga tayanib, Hasht-e Subh Daily xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 14-mart kuni sodir bo‘lgan. Er-xotin G‘ur viloyatining Chag‘charon markazida istiqomat qilgan. Erkakning ikki xotini bo‘lgani va birinchi xotinini homilador bo‘lganidan keyin otib o‘ldirilgani aytilgan.
Erkak bu xotini bilan nikohdan tashqari aloqada bo‘lgani, shu uchun uni o‘ldirgani ilgari surilgan. “Tolibon” harakatining G‘urdagi rasmiylari hozircha bu haqda hech narsa demagan. Afg‘onistonda “Tolibon” hokimiyat tepasiga kelganidan keyin oilaviy zo‘ravonliklar kuchaygani xabar qilingan.
Izoh (0)