• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12935.27
    • RUB160.47
    • EUR14367.2
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 8 yillik tanaffusdan keyin yana Jahon chempionatida. O‘zbekistonning “kichik mundial”lardagi ishtiroki haqida

    Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-20 terma jamoasi o‘z mezbonligida o‘tayotgan Osiyo Kubogi—2023 chorak finalida Avstraliyani mag‘lub etib (1:1, 5:4), Jahon chempionati yo‘llanmasiga ega chiqdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    “Daryo” shu munosabat bilan O‘zbekiston yoshlar va o‘smirlar terma jamoalarining “kichik mundial”lardagi ishtiroki tarixi haqida so‘z yuritadi.

    Yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionati — 2003

    2003-yilgi musobaqa O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi uchun ilk Jahon chempionati bo‘lgandi. 27-noyabrdan 19-dekabrga qadar BAAda o‘tkazilgan kichik mundialda O‘zbekiston terma jamoasi Argentina, Ispaniya, Mali kabi terma jamoalar bilan birgalikda B guruhidan o‘rin oladi. Maliga qarshi birinchi uchrashuvda O‘zbekiston yoshlari 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Islom Inomov va Aleksandr Geynrix gollar muallifiga aylandi.

    Foto: Getty Images

    Ikkinchi turda Argentina bilan bahs olib borgan O‘zbekiston ilk daqiqalarda Aleksandr Geynrix tomonidan urilgan gol evaziga hisobni ochdi. Ammo Argentina 70-daqiqada Leandro Fernandes va 90+3-daqiqada Fernando Kavenagining gollari evaziga 3 ochkoni ilib ketadi. Uchinchi turda esa O‘zbekiston Ispaniya yoshlari bilan to‘qnash keldi. 15-daqiqada Andres Inyesta tomonidan urilgan gol o‘yinda yagonaligicha qoladi va O‘zbekiston uchinchi o‘yinda ham mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. Shu tariqa O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi uchun ilk musobaqa omadsiz boshlandi.

    Yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionati — 2009

    O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 2009-yilgi Jahon chempionatida D guruhidan o‘rin oladi. Raqiblar esa Gana, Urugvay va Angliya kabi kuchli jamoalar edi. Birinchi turda bo‘lajak jahon chempioni Ganaga qarshi maydonga tushgan o‘zbekistonlik yigitlar 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. O‘zbekistonning yagona goliga Sherzod Karimov mualliflik qildi.

    Sherzod Karimov
    Foto: Getty Images

    Ikkinchi turda Urugvay yosh “oq bo‘rilar”ga hech qanday imkoniyat qoldirmaydi va 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Oxirgi turda esa Angliyaga qarshi uchrashuvda Ivan Nagayev 1 ochko keltirgan gol muallifiga aylandi. Durang natija bilan O‘zbekiston guruhda uchinchi o‘rinni egalladi va bu keyingi bosqichga chiqish uchun kamlik qildi.

    O‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionati — 2011

    Meksika mezbonligida o‘tgan turnirda o‘zbekistonlik o‘smirlar AQSH, Yangi Zelandiya va Chexiya bilan bir guruhdan joy oladi. Dastlabki turda kutilmaganda Yangi Zelandiyadan yirik hisobdagi mag‘lubiyatni (1:4) qabul qilib olgan Aleksey Yevstafeyev shogirdlari keyingi o‘yinlarda raqiblarini bir xil 2:1 hisobida taslim etadi va birinchi o‘rin bilan nimchorak finalga yo‘l oladi.

    Foto: Getty Images

    1/8 finalda Avstraliya 4:0 hisobida taslim etiladi. O‘sha mundial yulduzlari Abbosbek Maxstaliyev va Temur Hakimov bittadan to‘p kiritgan, shuningdek, Davlat Yorbekov ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ygandi. O‘zbekiston chorak finalda keyinchalik finalga qadar yetib borgan Urugvayga yengiladi (0:2).

    O‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionati — 2013

    Dilshod Nuraliyev qo‘l ostidagi jamoa musobaqa guruh bosqichida Marokash, Xorvatiya va Panamaga qarshi bahs olib boradi. Dastlabki turda Shohjahon Abbosov va Rustam Ashurmatov tomonidan urilgan gollar Panama ustidan g‘alabani ta’minlaydi. Marokash bilan durang qayd etiladi (0:0). Hal qiluvchi turda Xorvatiyaga imkon qoldirilmaydi (2:0). Nimchorak finalda O‘zbekiston o‘smirlari Gondurasdan alamli mag‘lubiyatni qabul qilib (0:1), musobaqa bilan xayrlashadi.

    Foto: Getty Images

    Yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionati — 2013

    Turkiya maydonlarida o‘tgan musobaqa hozirga qadar O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi uchun eng yaxshi Jahon chempionati bo‘lib turibdi. F guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston yoshlari Xorvatiya, Urugvay va Yangi Zelandiya bilan bahs olib boradigan bo‘ldi. Birinchi turda Yangi Zelandiya qiyinchiliksiz mag‘lub etildi (3:0). O‘zbekistonning gollariga Abbosbek Maxstaliyev, Igor Sergeyev va Diyor Turopov mualliflik qildi. Ikkinchi turda Xorvatiya bilan durang natija (1:1) qayd etiladi. Marko Livayaning goliga Sardor Rahmonov bitta gol bilan javob qaytardi.

    Igor Sergeyev
    Foto: Getty Images

    Hal qiluvchi turda esa Urugvay O‘zbekistonni 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratadi. O‘zbekiston 4 ochko bilan uchinchi o‘rinni egalladi va pley-offga yo‘l oldi (eng yaxshi uchinchi o‘rinni egallab). Nimchorak finalda Gretsiya O‘zbekiston yoshlarining raqibiga aylandi. Abbosbek Maxstaliyev, Igor Sergeyev va Sardor Rahmonovning gollari evaziga yunonlar taslim etildi.

    Chorak finalda Fransiyaga to‘qnash kelgan O‘zbekiston 0:4 hisobida yengildi va musobaqani tark etdi. Qayd etish kerak, fransuzlar safida Alfons Areolya, Kurt Zuma, Samyuel Umtiti, Lyuka Din, Jordan Veretu, Pol Pogba kabi futbolchilar bor edi.

    Yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionati — 2015

    2015-yilgi mundialda O‘zbekiston terma jamoasi Germaniya, Gonduras, Fiji terma jamoalari bilan F guruhiga tushdi. Birinchi turda kutilmaganda Gondurasga 3:4 hisobida imkoniyat boy berildi. O‘zbekiston safida Dostonbek Hamdamov, Eldor Shomurodov va Zabihillo O‘rinboyev gol muallifiga aylandi. Ikkinchi turda esa Germaniya 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

    Eldor Shomurodov
    Foto: Getty Images

    Uchinchi turda O‘zbekiston Fijiga javobsiz 3 ta gol urdi. Bu safar ham Eldor Shomurodov va Zabihillo O‘rinboyev o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Uchinchi gol esa Mirjamol Qosimov hisobiga yozildi. Shu tariqa guruhda 3 ta jamoa bir xil 3 ochkodan qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston esa to‘plar nisbati bo‘yicha qolgan jamoalardan yaxshiroq natija qayd etgan holda, ikkinchi o‘rin bilan pley-offga yo‘l oldi. Pley-offdagi ilk raqib Avstriya terma jamoasi bo‘ldi. Dostonbek Hamdamovning dubli O‘zbekistonni chorak finalga olib chiqdi. Chorak finalda Senegal jamoasi bilan to‘qnash kelgan o‘zbekistonliklar 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi va musobaqani tark etdi.

    Yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionati — 2023

    Ravshan Haydarov shogirdlari Indoneziya maydonlarida 20-maydan 11-iyunga qadar o‘tkaziladigan turnirda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Sakkiz yillik tanaffusdan keyin o‘zbekistonlik yoshlar xalqaro maydonda yana bir bor tarix yozishga harakat qilib ko‘radi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Jahon chempionati yo‘llanmasi naqd qilindi, endigi navbat O‘zbekiston mezbonligida o‘tayotgan Osiyo Kubogiga zafar quchishga.

    12.03.2023, 09:26   Izoh (0)   16667
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Muxlislarga to‘la stadion, shiddatli o‘yin, chempionlik zavqi. Buxoroda o‘tgan O‘zbekiston Kubogi finalidan fotogalereya

    31.10.2022, 20:18

    Muxlislarga to‘la stadion, intrigaga boy o‘yin va JCH yo‘llanmasi. O‘zbekiston yoshlarining Avstraliya ustidan g‘alaba qozongan o‘yinidan fotogalereya

    12.03.2023, 00:30

    Liga 1. “PSJ” so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga g‘alabani ilib ketdi 

    12.03.2023, 03:01

    APL. “Manchester Siti” safarda minimal hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi 

    12.03.2023, 00:45

    APL. “Chelsi” va “Tottenhem”da ishonchli g‘alaba, “Liverpul” safarda mag‘lub bo‘ldi 

    11.03.2023, 22:27

    U-20 Osiyo Kubogi—2023. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Avstraliyani mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi

    11.03.2023, 21:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    Mobiuz "MazzaFest"da yangi "Mazza" va "Mazza 2.0" tarif rejalarini taqdim etadi

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniyada o‘zini qirol deb e’lon qilgan shaxs qamoqqa olindi

    Dunyo | 13 may, 23:40

    “Putin muzokaralarga kelsa, Tramp ham Istanbulga boradi” — AQSH maxsus vakili

    Dunyo | 13 may, 23:25

    “Daryo” dayjesti: 13-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 13 may, 23:10

    Falastinning normal hayotga qaytishi uchun 15 yil kerakligi ma’lum qilindi

    Dunyo | 13 may, 22:55

    Maʼmuriy sudlar tomonidan uch oyda hokim qarorini haqiqiy emas deb topish bilan bog‘liq qancha ish ko‘rilgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 13 may, 22:45

    Mashhurlik retsepti: qo‘shiqlari emas, balki reklamalar orqali tanilgan xonandalar

    Musiqa | 13 may, 22:35

    O‘zbekiston Kubogi. “OKMK” 12 ta gol urdi, “Surxon” Birinchi liga klubiga mag‘lub bo‘lib, guruhda qolib ketdi

    Sport | 13 may, 22:23

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    O‘zbekiston | 13 may, 22:22
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.