Futbol bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi—2023 chorak finalida O‘zbekiston Avstraliya bilan bahs olib borib, penaltilar seriyasida g‘alaba qozondi va yarim finalga yo‘l oldi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida xavfli vaziyatlar bo‘lishiga qaramasdan, hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘limda esa shiddatli o‘yin davom etdi. 77-daqiqada Gabriel Popovich avstraliyaliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan 2 daqiqa o‘tib, Zafarmurod Abdurahmatov muvozanatni tikladi. Qolgan daqiqalarda gol urilmadi va jamoalar qo‘shimcha bo‘limlarga yo‘l oldi.
Qo‘shimcha bo‘limlarda ham 1:1 hisobi saqlanib qoldi va g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlanadigan bo‘ldi. Penaltilarda 5:4 hisobida o‘zbekistonliklar g‘alaba qozondi va yarim finalga yo‘l oldi.
“Daryo” ushbu uchrashuvga oid eng sara suratlarni taqdim etadi.
Izoh (0)