• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12917.1
    • RUB160.14
    • EUR14460.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston qonunchiligida ayollarga qanday imtiyozlar berilgan?

    Adliya vazirligi 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston qonunchiligida ayollarga qanday imtiyoz va yengilliklar ko‘rsatib o‘tilgani bo‘yicha maʼlumot berdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Xotin-qizlarga tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun 33 million so‘mgacha kreditlar ajratiladi

    Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi hisobidan 3 yilgacha va 6 oygacha imtiyozli davr bilan yillik 14 foiz stavkada 33 million so‘mgacha kreditlar beriladi. Buning uchun ular quyidagi dasturlardan birini muvaffaqiyatli tugatgan bo‘lishi kerak:

    • Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi va Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi maʼqullangan dasturlar asosidagi o‘quv kurslari;
    • “Ishga marhamat” monomarkazlari, kasb-hunarga o‘qitish markazlari, mahallalardagi kasb-hunarga o‘qitish maskanlari va Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari yoki nodavlat taʼlim muassasalarining kasbga o‘rgatish o‘quv kurslarining maxsus o‘qitish dasturlari.

    Ayollarni pensiya yoshiga to‘lganligi sababli ish beruvchi tashabbusi bilan ishdan bo‘shatish taqiqlanadi 

    Ayollarning pensiya yoshiga to‘lgani yoki yoshga doir davlat pensiyasini olish huquqi vujudga kelgani sababli nomuayyan muddatli mehnat shartnomasini 60 yoshga to‘lgunga qadar yoki muddatli mehnat shartnomasini muddati tugagunga qadar ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilish taqiqlanadi.

    Ayrim toifadagi xotin-qizlarga OTMga kirish uchun tavsiyanoma beriladi

    Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga oliy taʼlim muassasalariga kirishda davlat granti asosidagi qabul doirasidagi tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma beriladi. Tavsiyanoma quyidagi mezonlar asosida taqdim etiladi:

    • kam taʼminlangan oilalardagi xotin-qizlar;
    • to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, yaʼni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;
    • turmush o‘rtog‘i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;
    • nogiron farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;
    • 2 va undan ortiq farzandini tarbiyalayotgan, qarindoshlaridan alohida yashayotgan yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari;
    • ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham I yoki II guruh nogironi bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.

    Tavsiyanoma olish uchun tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlariga elektron shaklda murojaat qilinadi.

    “Ayollar daftari”ga kiritilganlarga kredit berilishi mumkin

    Hukumatning qarori bilan “ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan.

    Nizomga muvofiq, “ayollar daftari”ga 30 yoshdan oshgan quyidagi xotin-qizlar kiritiladi:

    • ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar;
    • tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlar;
    • boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar;
    • ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar;
    • uy-joyga muhtoj xotin-qizlar;
    • qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandlari bor ehtiyojmand xotin-qizlar.

    Tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun xotin-qizlarga 33 mln so‘mgacha 14 foizlik kreditlar:

    • oilaviy tadbirkorlik uchun — 3 oydan 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha;
    • chorvachilik, baliqchilik, parrandachilik uchun — 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha;
    • bog‘dorchilik, uzumchilik va limonchilik uchun — 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha ajratiladi.

    Ishlaydigan onalarga bolani ovqatlantirishga tanaffus beriladi

    2 yoshga to‘lmagan bolali ayollarga bolani ovqatlantirish uchun (o‘ziga berilgan dam olish va ovqatlanish uchun beriladigan tanaffusdan tashqari) kamida har 3 soatda bir marta har biri 30 minutdan kam bo‘lmagan tanaffus beriladi.

    2 yoshga to‘lmagan ikki va undan ko‘p bolali ayollarga tanaffusning muddati kamida 1 soat qilib belgilanadi. Mazkur tanaffuslar uchun ish haqi kamaytirilmaydi.

    Xotin-qizlarning kasb o‘rganishga qilgan xarajatlarini davlat to‘lab beradi

    Xotin-qizlar nodavlat taʼlim tashkilotlarida kasb-hunarga va tadbirkorlikka o‘qiganda qilgan xarajatlarning 70 foizi, biroq har bir bitiruvchiga 1 million so‘mdan ortiq bo‘lmagan xarajatlar davlat tomonidan qoplab beriladi.

    “Ayollar daftari”ga kiritilgan yolg‘iz ayollarning farzandlari ham bog‘chaga imtiyozli ro‘yxat asosida qabul qilinadi 

    “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning bolalari davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga ustunlik bilan qabul qilinish huquqiga ega.

    Og‘ir ijtimoiy ahvoldagi xotin-qizlarga imtiyozli uy-joylar beriladi 

    Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga beriladigan arzon uy-joylar to‘lovining:

    •  0 foizi Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi, talabgor ishlayotgan tashkilot va boshqa manbalar hisobiga (boshlang‘ich badal sifatida);
    • 90 foizi banklarning imtiyozli kreditlari hisobiga qoplanadi.

    Arizalar tuman hokimi boshchiligidagi hududiy komissiyaga beriladi.

    Faol va tashabbuskor xotin-qizlar “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi 

    Qonunchilikka ko‘ra, “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni taʼsis etilgan bo‘lib, mazkur ko‘krak nishoni bilan:

    • jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatgan;
    • o‘zining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishiga va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo‘shgan;
    • sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, joylarda maʼnaviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish va milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etish borasida ibratli faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar taqdirlanadi.

    12 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarga qo‘shimcha taʼtil beriladi

    12 yoshga to‘lmagan ikki va undan ko‘p bolasi yoki 16 yoshga to‘lmagan nogiron bolasi bor ayollarga har yili 3 ish kunidan kam bo‘lmagan haq to‘lanadigan qo‘shimcha taʼtil beriladi.

    Shuningdek, ularning xohishiga ko‘ra har yili 14 kalendar kundan kam bo‘lmagan ish haqi saqlanmagan taʼtil beriladi. Bunday taʼtil yillik taʼtilga qo‘shib berilishi yoki alohida foydalanilishi mumkin.

    Ayrim xotin-qizlarning kontrakt puli davlat tomonidan to‘lab beriladi

    Magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlarini qoplab berish tartibi belgilangan. Magistraturada to‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakt summasini Davlat byudjetidan qoplab berish tartibi tasdiqlangan. Buning uchun talabgorlar 15-sentyabrga qadar o‘zlari taʼlim oladigan muassasa rektori nomiga ariza bilan murojaat etishlari talab qilinadi.

    Shuningdek, hukumat qarori bilan har bir hududdan ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo‘q yolg‘iz 100 nafar ayollarning to‘lov-kontrakti hokimliklar tomonidan har yili to‘lab beriladi. 50 nafargacha xotin-qizlar birinchi o‘quv yilida bepul o‘qitilishi ham ko‘zda tutilmoqda.

    2 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar yengilroq ishga o‘tkaziladi

    2 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar avvalgi ishini bajarishi mumkin bo‘lmaganida bolasi 2 yoshga to‘lgungacha yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining taʼsiridan xoli ishga o‘tkaziladi. Bunda avvalgi ishidagi o‘rtacha oylik ish haqi saqlab qolinadi.

    Homilador ayollar, 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarni ishga qabul qilishda dastlabki sinov qo‘llanilmaydi

    Quyidagi toifadagi shaxslarni ishga qabul qilishda dastlabki sinov muddati qo‘llanilmaydi:

    • homilador ayollar, uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarga;
    • korxona uchun belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga yuborilgan shaxslarga;
    • o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining hamda oliy o‘quv yurtlarining tegishli taʼlim muassasasini tamomlagan kundan eʼtiboran uch yil ichida birinchi bor ishga kirayotgan bitiruvchilarga;
    • xodim bilan 6 oygacha muddatga mehnat shartnomasi tuzilgan hollarda.

    Rahbarlik lavozimiga tanlovda xotin-qizlar va erkaklarning teng ishtiroki taʼminlanadi

    Davlat xizmatidagi lavozimlarni, shu jumladan rahbarlik lavozimlarini egallash uchun tanlovda xotin-qizlar va erkaklarning teng ravishda ishtirok etishi taʼminlanishi kerak.

    Davlat organlarining kadrlar xizmatlari zimmasiga tanlov komissiyalariga nafaqat tanlovda ishtirok etayotgan shaxslarning maʼlumoti va kasbiy tayyorgarligi to‘g‘risidagi maʼlumotlarni, balki davlat xizmatining tegishli lavozimlarida ishlayotgan xotin-qizlar va erkaklar sonining nisbati to‘g‘risidagi maʼlumotlarni ham taqdim etish majburiyati yuklatiladi.

    Ayrim ayollar 53 yoshda pensiyaga chiqishi mumkin 

    Texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb eʼtirof etilgan ayollar 53 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 20 yil bo‘lganda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladi.

    08.03.2023, 12:58   Izoh (0)   11092
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonning ayrim hududlarida 9-mart kuni chang-to‘zonlar kuzatiladi

    08.03.2023, 12:20

    Toshkentdan Termizga uchgan samolyot noqulay ob-havo sabab ortga qaytarildi

    08.03.2023, 11:44

    Samarqandda Lacetti to‘xtab turgan yuk mashinasiga borib urilishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi

    08.03.2023, 11:25

    O‘zbekistonda 2023-yilda spinal mushak atrofiyasi bilan kasallangan bolalar dori bilan ta’minlanadi

    08.03.2023, 08:22

    Qoraqalpog‘istonda fermer xo‘jaligi yeri yoqib yuborildi 

    08.03.2023, 00:30

    “Maxsus vakillar Afg‘onistondan mamlakatdagi ayollarga ta’lim olish va ishlash huquqini qaytarib berishni talab qiladi” — Ismatulla Ergashev 

    07.03.2023, 23:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “O‘zbekinvest” Italiya va Ispaniya kompaniyalari bilan hamkorlik bitimlarini imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda 18 yoshgacha bo‘lganlar mehnat qilishi mumkin bo‘lgan yengil turdagi ishlar va kasblar ro‘yxati tuzildi

    O‘zbekiston | 19 may, 09:25

    “O‘zbekinvest” Italiya va Ispaniya kompaniyalari bilan hamkorlik bitimlarini imzoladi

    Reklama | 19 may, 09:00

    Ferdinand: “Men bu bolaning o‘yinlarini stadiondan kuzatdim, bu — fantastika”

    Sport | 19 may, 09:17

    Ularning miyasi boshqacha ishlaydi: millionlab kishilarning sevimlisiga aylangan 6 mashhur shaxs

    Layfstayl | 19 may, 08:55

    Jo Baydenda saraton aniqlandi

    Dunyo | 19 may, 08:30

    A Seriya. “Roma” “Milan”ni ishonchli hisobda yengdi. Shomurodov 84-daqiqa o‘ynadi(video)

    Sport | 19 may, 07:22

    Zelenskiy Rossiya urushni tugatish uchun “noreal” shartlar qo‘yayotganini aytdi

    Dunyo | 18 may, 23:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.