Buxoro shahrida 7 qavatli qilib qurishga ruxsat berilgan turar joy binosi 8 qavatli qurilgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti xabar qildi.
Fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “N.A.” MCHJga shahar hududidan ko‘p xonadonli 7 qavatli turar joy binosini qurishga ruxsat berilgan bo‘lsa-da, korxona rahbari O‘.Q hech qanday hujjatlarsiz turar joy binosiga qo‘shimcha 8-qavatni qurib, ushbu xonadonlarni mijozlar nomiga rasmiylashtirib bo‘lmasligini bilsa-da, olti nafar fuqaroning 838,6 million so‘m va 14 400 dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)