Toshkent shahri Yangihayot tumanida fuqarolar 10 qavatli uy tomiga uy qurib olgani aniqlandi. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, tumanning “Yangi turmush” mahallasida joylashgan “Megapolis building” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 2021-yil qurib bitkazilgan uyning mansarda qismida mulkdorlar tomonidan noqonuniy ravishda qo‘shimcha “uy” qurilgan.
Mazkur uyga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv tashkilotlarining bir necha bor ogohlantirishlari ham mulkdorlarni ushbu fikrdan qaytarmagan. Mulkdorlarga nisbatan ma’muriy chora ko‘rilib, noqonuniy qurilmalarni 15 kun ichida bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.
Izoh (0)