• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl

    Qishki kiyim-kechak va poyabzallarni keyingi mavsumgacha yaxshi saqlashga yordam beradigan 10 ta layfxak

    Bir necha oddiy qadamlar nafaqat qishki kiyimlarni yaxshi holatda saqlashga, balki joyni tejashga yordam beradi. Hammasi oddiy!

    Qishki narsalarni saqlash uchun yig‘ish

    Ishni saralashdan boshlang

    Koridor shkafidan kiyim-kechaklarni olib bir joyga yig‘ing. Shapka, telpak, sharflar, qo‘lqoplarni unutib qoldirmang.

    Ularni 3 ta turga ajrating:

    • Quruq tozalash kerak bo‘lgan narsalar;
    • Yuviladigan narsalar;
    • Va endi hech narsaga yaramaydigan kiyimlar — ularning joyi uydan tashqarida.

    (Darvoqe, biz koridordagi shkafni deyarli bo‘shatib qo‘ydik: vaqtdan foydalanib uni changdan artib tashlaymiz.)

    Kir yuvish va quruq tozalash

    To‘g‘ri, unchalik ko‘p kiyilmagan, kir bo‘lmagan kiyimlarni qaytadan yuvib, tozalashni xohlamasligingiz aniq, lekin bu kerak. Har qanday kiyimda dezodorantlar, parfyumeriya, ter hidi, ovqat qoldiqlari va hokazolar qoladi. Bularning barchasi hozir sezilmasligi mumkin va bir necha oydan keyin dog‘lar paydo bo‘ladi va ularni ketkazish juda qiyin bo‘ladi. Shuning uchun agar siz kiyimingizni asramoqchi bo‘lsangiz, ularni yuvishingiz va tozalashingiz kerak bo‘ladi. Pidjak va paltolarning yoqalariga va manjetlariga alohida eʼtibor bering.

    Qishki kiyimlarni to‘g‘ri saqlash

    Foto: “Noviy ochag”

    Jun va to‘qilgan kiyimlar

    Ular plastik qoplarda, kimyoviy tozalash paketlarida va plastik idishlarda saqlanmaydi. Bunday narsalar “nafas olishi” kerak, aks holda, siz kelgusida ulardan mog‘orlangan, yoqimsiz hidni topasiz. Agar siz allaqachon plastik kiyim idishlarini sotib olgan bo‘lsangiz, ularda havo almashish uchun teshiklar oching. Sizda bunday idish umuman yo‘q bo‘lsa, kiyimlarni changdan himoya qilish uchun toza paxta yostiq jildiga yig‘ib solib, shkaflaringizning yuqori javonlariga qo‘ying.

    Eng og‘ir narsalarni pastki qismga va yengilroqlarini esa tepaga qo‘ying. Barcha kiyimlarni mato turiga ko‘ra ajratgan maʼqul, yupqa bluzkalarni jun sviterlar bilan birga qo‘ymang, aks holda, ular juda ko‘p g‘ijim bo‘ladi. Aytgancha, konteynerlar va qutilarga narsalarni vertikal ravishda taxlashdan qo‘rqmang, ular shu tarzda yaxshiroq saqlanadi va deyarli burishmaydi. Chunki bu holda har bir narsaga minimal bosim tushadi.

    Qutilar va qoplarni qorong‘i, issiq bo‘lmagan, yaxshi shamollatiladigan xonada saqlang. Qishki narsalarni saqlash uchun yotoq karavoti ostidagi joydan ham foydalanishingiz mumkin.

    Uzun kiyimlar

    Shkafda joy bo‘lsa, u holda issiq jun ko‘ylaklar, palto va plashlarni olish, umuman, taxlab qo‘yish kerak emas. Ularni bir tomonga siljitish (yoki bir qismga osib qo‘yish) va ularni shkaf ilgichlarida qoldirish yaxshiroqdir. Chang bo‘lishidan qo‘rqsangiz, matoli yopinchiqlardan foydalaning, lekin sellofan emas va quruq tozalash vositalarini qoplaydigan plyonkadan ham emas. Barcha tugma va cho‘ntaklarni yopganingizga ishonch hosil qiling.

    Foto: “Noviy ochag”

    Kiyimlarni kuyalardan himoya qilish uchun cho‘ntaklaringizga ularga qarshi vosita solib qo‘ying. Ularni tayyorlash juda oddiy: bir parcha doka matosiga xohishingizga ko‘ra dafna yaprog‘i, qalampir, yalpiz, lavanda barglaridan qo‘yib tugunlab bog‘lang.

    Shapka va sharflar

    Barcha kiyimlarda bo‘lgani kabi ularni ham yaxshilab yuving va quriting. Oddiy poyabzal qutilari ularni saqlash uchun juda qo‘l keladi. Bunday qutilar maxsus idishlar o‘rniga ishlatilishi mumkin. O‘z shaklini ushlab turishi kerak bo‘lgan shapkalarni qog‘oz bilan to‘ldirgan va buklamagan maʼqul.

    Qishki poyabzallarni saqlash

    Ularni yuvib tozalagach, yaxshilab qurishiga ishonch hosil qiling. Oyoq kiyimlarini maxsus kremlab, yanada quruq bo‘lishi uchun ichiga isteʼmol sodali qopchalarni joylashtiring. Darvoqe, tabiiy jundan tikilgan oyoq kiyim va uggi botinkalari, shunga o‘xshash poyabzallarni kuya yeyishni osongina boshlashi mumkinligini yodda tuting. Shu bois, etik solingan qutiga, albatta, kuya dori solishni unutmang.

    Mavzuga doir:

    • Kiyimlarni fasllarga qarab ajrating, kichkina bo‘lib qolgan narsalarni olib qo‘ying: Garderobni tartibga solishga yordam beradigan 9 ta layfxak
    • Nima uchun har bir xonada sovun saqlash kerak? Uy bekalariga qo‘l keladigan 10 ta layfxak
    • Poyabzallarni qanday tozalash kerak: 8 ta sinalgan usul
    06.03.2023, 18:26   Izoh (0)   5812
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tongda, kun davomida va kechki payt: shamollashni tezda davolash choralari bo‘yicha sinalgan tavsiyalar

    06.03.2023, 13:32

    Hayotdagi eng qimmatli lahzalar yaqinlar bilan o‘tkazilgan vaqt ekanini aks ettiruvchi suratlar

    06.03.2023, 12:28

    Instagram: K5 avtomobilini xarid qilgan aktrisa, Malaxov ko‘rsatuviga taklif qilingan xonandalar, o‘g‘liga “Mers” olib bergan Shahlo Zoirova 

    04.03.2023, 22:36

    Rossiyalik erkak 6 soat ichida 36 ta qorbobo yasadi (foto)

    04.03.2023, 15:30

    Har kuni suli yormasi iste’mol qilganda organizmda qanday o‘zgarish yuz beradi?

    04.03.2023, 11:55

    Ovqatlanish, uyqu va faol hayot tarzi: Yaponlar uzoq umr ko‘rishining sababi nima?

    03.03.2023, 19:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo—Italiya” sammitida ishtirok etadi

    O‘zbekiston | 30 may, 08:22

    O‘zbekistonda nechta oliy taʼlim tashkiloti faoliyat yuritayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:50

    Saida Mirziyoyeva Rossiya hukumati raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:31

    “Daryo” dayjesti: 29-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 29 may, 23:25

    Saida Mirziyoyeva Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:10

    Kongressmen Trampdan investorlar uchun tashkil etilgan kechki ovqat tafsilotlarini oshkor qilishni talab qildi

    Dunyo | 29 may, 22:53

    Massimiliano Allegri “Milan” bilan kelishuvga erishdi

    Sport | 29 may, 22:38

    Isroil G‘azodagi asirlarni ozod qilish bo‘yicha AQSHning yangi taklifini qabul qildi. HAMAS esa jim

    Dunyo | 29 may, 22:10

    Sirdaryoda sevgan yigitini o‘ldirmoqchi bo‘lgan qiz 6 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 29 may, 21:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.