Mahoratli raqqosa Parizoda “Sevimli” telekanalining “Mashhurlar” ko‘rsatuviga bergan intervyusida Munisa Rizayevaning klipida suratga tushganidan xafa bo‘lgani haqida so‘zlab berdi.
“Klipning suratga olish jarayonlari ikki kun, sovuq havoda kechdi”
Munisa Rizayevaning “Qop-qora” klipiga chiqishimga zo‘rg‘a ko‘ndirishgan, dizaynerlar rosa ishlab, katta-katta so‘zlar berdi. Ular stilingizni, ko‘rinishingizni o‘zgartiramiz, sizni umuman boshqa Parizoda qilib chiqaramiz degandi. Shu bilan Munisa Rizayevaning klipida rol ijro etdim. Klipning suratga olish jarayonlari ikki kun, sovuq havoda kechdi. Kiyim masalasida ham dizaynerlarning oldiga borib qatnadik, ko‘p vaqt ketdi.
Klip chiqqandan keyin, unda bormanmi yoki yo‘qmanmi, tushuna olmadim. Xafa bo‘ldim, nimaga meni kam kadrga olishgan deb o‘yladim. Balki, haqiqatan ham obrazga mos tushmagandirman, yuzim o‘zbekcha bo‘lib qolgandir. Tipaj mos tushmasligini bilib ham shunday kliplarga qadam bosmayman. Lekin o‘sha paytda stilist, dizaynerlar stilimni, ko‘rinishimni o‘zgartirishga harakat qilgan.
“Hozirgi paytda o‘zimga mos bo‘lgan klipga chiqaman va ko‘rinishni ham o‘zim tanlayman”
Hozirgi kunda menga tegmanglar, o‘sha holatim bilan Parizoda bo‘lganman, shu holatim bilan qolaman, deyman. Hattoki Instagram sahifamga nimaga bir xil soch turmagida yurasiz, nima uchun doim sochingizni qora rangga bo‘yaysiz, deb yozishadi. Muxlislarimning gapiga kirib, sochimni kestirib, bo‘yab afsuslandim. Agar atrofdagilarni eshitsam, men o‘sha Parizoda bo‘la olmas ekanman. Hozirgi paytda o‘zimga mos bo‘lgan klipga chiqaman va ko‘rinishni ham o‘zim tanlayman.
Izoh (0)