• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    14 yoshdan ishlay boshlagan, professional oshpaz, besh farzandning otasi: Xonanda Jahongir Poziljonov 45 yoshda (foto)

    “Bojalar” guruhi solisti Jahongir Poziljonov 4-mart kuni 45 yoshni qarshiladi. Ammo quvnoq fe’l-atvori sabab, uni hech kim bu yoshda deb bilmaydi. Quyida hayotda ko‘plab qiyinchiliklarni yengib o‘tgan Jahongir Poziljonov haqida ko‘pchilik bilmaydigan ma’lumotlar keltiriladi.

    “Xonam yo‘qligi uchun yo‘lakda uxlardim”

    Jahongir Poziljonov san’atdan butunlay yiroq, oshpazlar oilasida dunyoga kelgan. Otasi o‘z davrining mashhur oshpazi bo‘lib, davlat tadbirlarida ham katta qozonlarda osh damlagan. Shunday bo‘lsa-da, oila nihoyatda kamtarona kun kechirgani va moddiy jihatdan qiynalganini xonanda quyidagicha eslaydi.

    Foto: Instagram / @jahongirpaziljonov

    — Esimni taniganimdan boshlab dadam bilan to‘y-hashamlarga birga borardim. Tong sahardan borib, katta qozonlarga ovqat solardik. Men o‘choq yoqishga mas’ul edim. Oshpazlarning mehnati og‘ir bo‘lsa-da, ular mehnatini pulga baholashmasdi. Odamlar ko‘nglidan chiqarib, ozgina pul yoki qand-qurs solingan paket berishardi. Dadam biror marta to‘y egasidan falon pul berasiz, deganini eshitmaganman. Shukrki, qornimiz hamisha to‘q edi, ammo hayot bundan iborat emasligini keyinchalik tushunganman. Besh farzand va ota-onam bilan uch xonali “dom”da turardik. Alohida xonam bo‘lmagani uchun yo‘lakda uxlashimga to‘g‘ri kelardi. Dadam buni ko‘rib, yuragi siqilishini istamasdim. Shuning uchun bomdod namoziga turishidan avvalroq uyg‘onib, ichkari xonaga kirib ketardim, — deydi xonanda.

    “14 yoshimdan ishlaganman”

    Bolaligida sho‘x va nihoyatda urishqoq bo‘lgan Jahongir Poziljonovning kun kelib mashhur xonanda bo‘lishiga ko‘pchilik ishonmasdi. U bir necha bor janjallar sabab jazolangani, hatto uni maktabdan haydamoqchi bo‘lishganini ham kulib eslaydi.

    Foto: Instagram / @jahongirpaziljonov

    — Bir so‘z bilan aytganda xira bola bo‘lganman. Shoshqaloqligim va gap ko‘tarolmasligimdan ko‘p pand yeganman. Shunda ham oxirigacha olishardim. Maktabni bitirgunga qadar 5-6  marta militsiyaxonaga olib borishgan. Maktabdan haydash bo‘yicha ham ko‘p ogohlantirishgan. Fe’lim yomonligini bilgani uchun ham dadam hamisha tergab, tanbeh berib, eng og‘ir ishlarni menga buyurardi. Keyinchalik buning sababini tushundim. Daraxtning shohi kichikligida to‘g‘ri yo‘lga solish oson ekan, egri o‘sgandan keyin uni qayirmoqchi bo‘lsangiz sinarkan.

    14 yoshimdan mustaqil pul topishga intilganman. Yozda tarvuz-qovunlarni vagonga joylash bilan, boshqa payt esa vulkanizatsiyada ishlardim. Arzimagan pul olsam-da, tengdoshlarim orasida obro‘m baland edi, — deydi xonanda.

    “Dadam oshpaz bo‘lishimni istagandi”

    Oshpazlar oilasida tug‘ilgan uch o‘g‘ilning bari bolaligidan mustaqil taom tayyorlashga o‘rgangan. Jahongir Poziljonov ham otasining maslahati bilan 1992-yili oshpazlik kollejiga o‘qishga kiradi.

    Foto: Instagram / @jahongirpaziljonov

    — Qo‘shiqlarim kimgadir yoqmasligi mumkin, ammo tayyorlagan taomlarim haqida biror marta yomon gap eshitmaganman. Oshpaz bo‘lishimni mendan ko‘ra, dadam ko‘proq istagan. Ammo o‘zi istamagan ishni qilish baribir odamni bezdirar ekan. Dadam rahmatlining bir odati bor edi, har yakshanba o‘zi bozorlik qilib, lag‘mon tayyorlab berardi. Bir kuni “San’atkor bo‘lging kelyaptimi? Senga bir oy vaqt agar uydan to Chorsu bozoriga borgunga qadar seni 3 ta odam tanisa, san’atkor bo‘lishingga qarshi bo‘lmayman”, degan. Ana shu gapdan keyin bor imkoniyatdan foydalanganman. Bir oydan keyin Shifokorlar shaharchasidan Chorsuga ketayotganimizda yo‘lda bir gala qizlar kelib, dastxat so‘rashgan. Ana shu voqeadan keyin O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga hujjat topshirganman, — deydi xonanda.

    “Mo‘min Oripov institutga kirishimga yordam bergan”

    “Bojalar” guruhida Mo‘min Oripovning o‘z o‘rni bor edi. Jahongir Poziljonov u bilan qanday tanishgani va nega hozir u haqida gapirishni istamasligi haqida so‘zlab berdi.

    — Institutga kirishimdan oldin “Quvnoqlar va zukkolar”da ishtirok etib yurardim. Shu oradan tanishlarimdan biri Toshkent yuridik kolleji talabalarini “KVN”ga tayyorlantirib berishimni so‘radim. Ular bilan shug‘ullanib, maxsus qo‘shiqlar yozayotganimizda, Mo‘min bilan do‘stlashib qolganmiz. Ana shu voqea sabab bo‘lib tanishganmiz. U O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida o‘qirdi. Ijodiy imtihonlarga tayyorlanishimda yordam bergan.

    Foto: Google.com

    “Ilgari qo‘shiqlaringiz boshqacha edi”, degan gapni ko‘p eshitaman. Chunki u paytda Mo‘min bor edi. U hovurimni bosib turadigan, to‘g‘ri maslahat beradigan insonim edi. Shoshib “Bo‘ldi shu qo‘shiqni aytaman”, desam “To‘xtang, bunisini ham eshitib ko‘ring”, deb to‘g‘ri maslahat berardi. Yaqin insonidan ayrilish juda qiyin. U bilan bog‘liq shirin xotiralarim juda ko‘p. Ularni gapirib o‘zimni qiynagim kelmaydi. Ammo bu unitib yubordi, degani emas, — deydi Jahongir Poziljonov.

    “Men professional rejissorman”

    Jahongir Poziljonov suratga olgan filmlar ko‘plab tanqidlarga sabab bo‘ladi. Hatto, unga “Chumchuq so‘ysa ham qassob so‘ysin”, deb keskin tanqidlar ham qilishgan. Ammo u aslida xonanda emas, mutaxassisligi bo‘yicha kinorejissor hisoblanadi.

    Foto: Instagram / @jahongirpaziljonov

    — Shuhrat Abbosovning qo‘lida tahsil olgan professional rejissorman. Avvaliga xonanda bo‘lish niyatim bo‘lmagan. 23 yoshimga qadar tinimsiz harakat qilib ham san’atda o‘z o‘rnimni topolmaganman. Tohir Sodiqov bilan tanishishim hayotimda tub burilish yasagan.
    Birinchi qo‘shiqni yaratishimga akam sarmoya kiritgan. O‘sha paytlari u qaysidir restoranga kichik oshpaz bo‘lib ishlardi. Bir oylik maoshini olib kelib, qo‘limga tutgan. O‘sha pul bilan ilk qo‘shig‘imizni studiyada yozdirganmiz, — deydi xonanda.

    “Avtohalokatdan keyin, oyog‘imni ulashgan”

    2009-yil “Bojalar” guruhi uchun og‘ir kelgan. Boisi o‘sha yilning 28-iyun sanasida “Bojalar” guruhi vakillari Termizdagi konsert dasturidan qaytayotgan paytda rulda uxlab qolinishi sababli ayanchli yo‘l-transport hodisasiga uchragan. Xonanda Mo‘min Oripov voqea joyida vafot etgan. Guruh a’zosi Jahongir Poziljonov og‘ir ahvolda kasalxonada yotqizilgan va bir necha kun komada bo‘lgan. O‘ziga kelganidan so‘ng ham sog‘lig‘ini tiklashi qiyin kechgan. Oyog‘i singan xonanda ancha paytgacha oqsoqlanib yurgan.

    — Oyog‘im ikki marta operatsiya qilinib, ulangan. Juda og‘ir operatsiyani boshdan kechirganman. Shifokorlarga rahmat, hech qanday og‘riq sezmayman. Hatto stadionlarni bitta qo‘shiqni aytib, uch marta aylanib chiqishga ham kuchim yetadi, — deydi xonanda. 

    Suratga olish maydonchasida topilgan baxt

    Jahongir Poziljonov turmush o‘rtog‘i Dildora bilan “Boyvachcha” filmining suratga olish jarayonida tanishgan. Dildora o‘shanda bir guruh qizlar bilan filmda kichik epizod rol ijro etish uchun kelgandi. Hozirda juftlikning besh nafar shirindan-shakar farzandlari bor.

    Foto: Instagram

    — Dildora bilan tanishgan paytimizda Toshkent tibbiyot akademiyasida o‘qirdi. Onam “Qachon uylanasan, katta yigit bo‘lib qolding”, deyaverganlaridan keyin Dildoraning manzilini berganman. Onam bir necha marta sovchilikka borgan. Ammo har gal rad javobini olib kelardi. “Qizimiz hali 4 yil o‘qishi kerak”, deyishgan ekan. O‘shanda dadam mendan “Niyating jiddiymi, shu qizdan boshqasini tanlamaysanmi?” deganda “yo‘q” degandim. Shundan keyin dadam ishga kirishgandi. Dadamning sa’y-harakatlari sabab, tug‘ilgan kunim kuni to‘yim belgilangan. To‘ygacha bo‘lgan kunlarimiz ham qiziqarli voqealarga boy o‘tgan. Men ham Dildora ham pozitiv inson bo‘lganimiz uchun kunimiz faqat xursandchilik bilan o‘tardi, — deydi Jahongir Poziljonov.

    Jahongir Ortiqxo‘jayev unga Prado sovg‘a qilgan

    Sobiq Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev xonandaga Toyota Prado rusumidagi qimmatbaho mashinani sovg‘a qilgan.

    Foto: Instagram / @jahongirpaziljonov

    — Men bu insondan juda ko‘p yaxshilik ko‘rganman. Bu Prado men ko‘rgan yaxshiliklarning eng kichik qismi. Bir necha yillardan beri shu insonning yonida yurib katta bo‘lganman. Ayta olamanki, u atrofdagilariga ham o‘ziga ravo ko‘radigan narsalarni ravo ko‘radi. Men u insondan juda ko‘p narsalarni o‘rganganman. Birinchi navbatda oddiylikni, kamtarlikni o‘rganganman.

    U insondan yaxshilik ko‘rgan bir men emasman. U yerda bir necha yuz minglab inson bor. Qo‘llarida ishlaydigan qancha insonlar ularning orqasidan uyli-joyli bo‘ldi, qancha odam to‘y qildi, qancha yordam ko‘rdi, — deydi Jahongir Poziljonov.

    Jahongir Poziljonov sakkiz yil davomida “Akfa-media” prodyusserlik kompaniyasi bilan hamkorlikda ijod qildi. U kompaniya a’zolari, xususan uning rahbari Jahongir Ortiqxo‘jayevdan minnatdorligini aytib o‘tadi.
    Mo‘min Oripovning o‘limidan keyin guruhga yangi a’zo tanlash bo‘yicha takliflar ko‘p bo‘lgan. Ammo xonanda marhum do‘stining o‘rnini hech kim to‘ldirolmasligini aytib, takliflarni rad etgan. 
    Bir paytlar aktyor, kinorejissor, boshlovchi sifatida faoliyat yuritgan jahongir Poziljonov hozir faqatgina xonandalik bilan shug‘allanmoqda.

    06.03.2023, 15:03   Izoh (0)   46363
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ra’no Yarasheva 62 yoshda: Akasi o‘ldirmoqchi bo‘lgan, turmushda omadsizlikka uchragan va 39 yillik ijodidan baxt topgan aktrisaning muvaffaqiyat yo‘li 

    16.02.2023, 17:40

    Yetimlikda ulg‘aygan, bir kunda ikki o‘g‘lidan ayrilgan: O‘zbekiston xalq artisti G‘ulomjon Yoqubov 73 yoshda (foto)

    02.03.2023, 13:13

    Xushlamay kuylagan qo‘shig‘i xit bo‘lgan, san’at uchun oilasidan voz kechgan: Xonanda Umida Mirhamidova 49 yoshda (video) 

    04.03.2023, 09:41

    “Addamslar oilasi” filmida Uenzdey obrazini yaratgan Kristina Richchi nega Gollivud yulduzi bo‘la olmadi?

    06.03.2023, 11:30

    “Onani qanday qadrlash kerakligini hammaga o‘rgatib ketdi”. Instagram’da Farhod Mannopov xotirlanmoqda

    05.03.2023, 22:52

    “Sog‘lig‘imda muammolar bo‘ldi, nahotki shu yoshimda hayotdan ko‘z yumsam, deb o‘yladim”. Intizor Tojiboyeva hayotidagi sinov haqida (video)

    05.03.2023, 19:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    iPhone 16 modeli 2025-yilda dunyodagi eng ko‘p sotilgan smartfon bo‘ldi

    Texnologiyalar | 30 may, 10:24

    O‘zbekistonda 5 yilda kiberjinoyatlar bilan 1,9 trln so‘mdan ortiq pul talon-toroj qilindi

    O‘zbekiston | 30 may, 10:16

    La Liga. VAR 16 marta “Barselona” foydasiga qaror qabul qilgan, “Real Madrid” eng ko‘p zarar ko‘rgan jamoaga aylandi

    Sport | 30 may, 10:03

    “Italiyadagi supervulqon global halokatga olib kelishi mumkin” — olimlar

    Dunyo | 30 may, 09:59

    Instagram: Abduqodir Husanov to‘yi yulduzlarni jamladi, Milena Madmusayeva yangi mashinali bo‘ldi, Munisa Rizayevaga 10 ming dollarlik soat sovg‘a qilishdi

    Shou-biznes | 30 may, 09:48

    HAMAS rasman AQSHning o‘t ochishni to‘xtatish rejasini rad etdi

    Dunyo | 30 may, 09:37

    Aktyor bo‘lmaganda, film ham bo‘lmasdi: Gollivud yulduzlari uchun maxsus yaratilgan rollar

    Madaniyat | 30 may, 09:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.