Turkmaniston milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedov mamlakat Ichki ishlar vazirligi avtomarkaziga kelgan yangi sportkarlarni sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda Vatan axborot agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Turkmaniston sobiq prezidenti 5-mart kuni IIV avtodromiga tashrif buyurgan. Xalq maslahati raisi avtomashinalardan birida ixtisoslashtirilgan uchastkada bir necha marta aylanib, avtomobilning texnik xususiyatlari va tezligini tekshirgan.
Shundan so‘ng Gurbanguli Berdimuhamedov yana bir yangi avtomobilning tezligi va boshqa imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazgan.
Ma’lumot o‘rnida, Turkmanistonda bir palatali parlament qaytarilib, Gurbanguli Berdimuhamedovga milliy yetakchi maqomi berilgan.
Izoh (0)