• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Chegaradan o‘tishdagi muammo sabab 7 yillab qarindoshlar bilan ko‘risholmadik”. Fuqarolar osongina o‘tib-qaytayotgan Andijondagi “Do‘stlik” chegara postidan reportaj

    Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil sentabr oyida Qirg‘izistonga tashrifi doirasida imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi bilan Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida o‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasi to‘g‘risida”gi shartnomaga muvofiq o‘sha yilning o‘zi Andijon viloyatidagi “Do‘stlik”, Namangan viloyatidagi “Kosonsoy” va “Baymoq” nazorat-o‘tkazish punktlari ishi qayta tiklangan. O‘tish tartibi yengillashtirildi. Natijada ikki qardosh xalqlar o‘rtasida uzilib qolgan qarindosh-urug‘lik va quda-andalik aloqalari yana qayta tiklandi. Har kuni ikki mamlakat fuqarolari hech qanday takliflarsiz chegarani kesib o‘tmoqda. 

    “Daryo” muxbiri Umidjon Mamarasulov Xo‘jaobod tumanidagi Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasidagi “Do‘stlik” chegara bojxona postida bo‘lib, u yerdagi u yerdagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.

    “Do‘stlik” chegara bojxona posti katta inspektori O‘rinboy Mirzakarimovning aytishicha, post orqali har kuni o‘rtacha o‘n olti mingga yaqin fuqaro, 700 dan ortiq yuk va yengil avtotransport vositalari harakatlanmoqda. Avtotransport vositalari 5 daqiqadan 20 daqiqagacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida nazoratdan o‘tkazilmoqda.

    “Ushbu chegara bojxona postimiz orqali har kuni o‘rtacha 15-16 ming nafar fuqaro, shuningdek, 300 ga yaqin yuk hamda 400 dan ortiq yengil avtotransport vositalari o‘tmoqda. Yuk avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish uchun 15-20 daqiqa vaqt sarflanayotgan bo‘lsa, yengil avtomashinalar uchun 5-10 daqiqa yetarli bo‘lmoqda. Vazirlar Mahkamasining 2017-yilning 11-oktabrdagi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegaralari orqali o‘tkazish punktlarida ikki yo‘lakli tizimni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga asosan “yashil” va “qizil” yo‘lakli tizim joriy etilgan. 

    Agar haydovchida deklaratsiyalangan tovarlar yo‘q bo‘ladigan bo‘lsa tezlashtirilgan variantda o‘tib ketadi. Mabodo deklaratsiyalangan va bojxonaga olib kirish meʼyoridan ortiq tovarlar bo‘lsa ular belgilangan bojxona to‘lovlarini rasmiylashtirgan holda “qizil” yo‘lakdan harakatlanishlari mumkin bo‘ladi. Kelgusida transport vositalarini belgilangan tartibda manzil bojxona postiga yuborishni yanayam tezlashtirilgan tartibda yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Misol uchun yaqin orada yengil avtomashinalar 1-2 daqiqada o‘tib ketish imkoniyatlariga ega bo‘ladi”, — deydi O‘rinboy Mirzakarimov.

    “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan Safarali Yuvoshev va boshqa fuqarolar qo‘shni mamlakatga hech qanday qiyinchiliklarsiz bemalol o‘tib kelayotganligini bildirgan.

    “O‘zim Xo‘jaobod tumanidanman. O‘shda qarindoshlarim bor. Masofa yaqin bo‘lsa-da 5-6 yil avval bemalol o‘tib kelolmasdik. Xudoga shukur mana hozir hech qanday qiyinchiliklar yo‘q. Davlat rahbarlari shunchalik yo‘llarni ochib qo‘yishdi. Opalarim, jiyanlarim bilan bemalol kelib ketyapmiz. Adashmasam o‘tishga 3-5 daqiqadan vaqtim ketdi”, — deydi Safarali Yuvoshev.

    “Oldin katta mashinada — furada qatnaganman. O‘sha paytlarda ham tekshirib, kerakli amallarni bajarib, ancha vaqt ushlab keyin o‘tkazishar edi. Lekin hozir ancha qulay bo‘lib qoldi. Avvalgi paytlarga qaraganda ancha tez o‘tdim”, — deydi haydovchilaridan biri.

    “Oldin chegaradan o‘tishda oz-moz qiyinchiliklar bo‘lardi, tekshiruvlar ko‘p edi. Bugun qarindoshlarimnikiga ketyapman. Hozir hammasi, o‘tish yo‘llari ancha yaxshi. Avval navbat kutib vaqtimiz o‘tardi. Mana hozir ikkala tomondan yarim soatda o‘tib ketdim”, — deydi O‘zbekistonga o‘tayotgan qirg‘izistonlik fuqaro.

    “O‘zbekistonga oshpaz izlab keldim. Shahar markazida ikkita restoranim bor, shunga ishchi kerak edi. O‘tgan yil davomida uchinchi o‘tishim, uchalasida ham qiyinchilik bo‘lgani yo‘q. Oldin o‘tayotganimda odam ko‘pligi uchun biroz sekin o‘tgandim, bugun o‘tadiganlar kam ekan, qiyinchiliksiz o‘tdim. Avvallari o‘tishda qiyinchilik bo‘lganini aytishardi, ammo ishim tushib, ko‘zim bilan ko‘rmaganim uchun bir narsa deyolmayman”, — deydi qirg‘izistonlik tadbirkor.

    “Do‘stlik” chegara bojxona posti inspektori Mahmudjon Mamajonovning aytishicha, postga “Z-Portal” rusumli ko‘rik majmuasi o‘rnatilgan bo‘lib, ushbu qurilma avtotransport vositalarini uch tomondan suratga olish salohiyatiga ega. Shuningdek, unda radiatsiya miqdori minimal bo‘lib, haydovchi mashinadan tushmasdan xizmatlardan foydalanishi mumkin. Ushbu qurilma bojxona xodimlari tomonidan noqonuniy harakatlarni aniqlashda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

    “O‘ch-to‘rt kun bo‘ldi, opam vafot etdi. Shu sababli aza marosimlarini o‘tkazib qaytyapmiz. Avvallari qiyinchiliklar va tiqilinchlar bo‘lardi, hozir qiynalmasdan bemalol o‘tib kelyapmiz”, — deydi o‘zbekistonlik ayollar. 

    “Qorasuv tumanida qarindoshlarimiz bor. Chegara yopiq vaqtida ular ham, biz ham bir-birimizdan xabar olish uchun o‘tolmadik. Tog‘a-jiyanlarim bo‘lsa-da, familiyasi boshqaligi sababli o‘tkazilmaganmiz. Oramiz 25-30 kilometr bo‘lsa ham yetti yildan ortiq ko‘risholmadik. Chegara ochilgach, bordi-keldilar tiklandi. O‘tgan yili uchta nabiramga to‘y qildim, hammasiga qorasuvliklar kelishdi. Bugun biz ham ularnikiga borib, bemalol mehmon bo‘lib kelyapmiz”, — deydi jalaquduqlik Ibrohimjon Xolmatov.

    O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ikki davlatga ID-karta orqali o‘tish mumkinligi haqidagi xabarni xursandchilik bilan kutib olishganini qayta-qayta taʼkidlab, bitim ijrosi tezroq amalga oshishini kutishayotganini bildirgan.

    Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning yanvar oyida Qirg‘izistonga davlat tashrifi davomida “2006-yil 3-oktabrda imzolangan O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Qirg‘iziston Respublikasi hukumati o‘rtasida imzolangan fuqarolarning o‘zaro borib-kelishlari to‘g‘risida”gi bitimga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida bayonnoma ham almashinilgan.

    Unga ko‘ra, endilikda O‘zbekistonning barcha fuqarolari Qirg‘izistonga, xuddi shunday Qirg‘iziston fuqarolari O‘zbekistonga ID-karta orqali (ilgari faqat xorijga chiqish pasporti bilan mumkin edi) kirishlari mumkin bo‘ladi.

    06.03.2023, 23:30   Izoh (0)   10650
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Egasini topgan o‘rmon, toshloqda ungan ko‘chatlar, tuproqni asrayotgan daraxtlar — 40 yillik o‘rmonchi Sobir Nosirmatov bilan suhbat

    06.03.2023, 23:15

    Toshkentda Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar maxsus vakillarining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi 

    06.03.2023, 23:01

    Saida Mirziyoyeva: “Bu — o‘qituvchilar himoyasi yo‘lida tashlangan katta qadam”

    06.03.2023, 22:31

    Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi 

    06.03.2023, 22:25

     Namanganda kanal bo‘yida yong‘in sodir bo‘ldi (video)

    06.03.2023, 22:21

    Farg‘onalik o‘quvchi 1 mln 62 ming dollarlik grantni qo‘lga kiritdi

    06.03.2023, 21:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.