• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Egasini topgan o‘rmon, toshloqda ungan ko‘chatlar, tuproqni asrayotgan daraxtlar — 40 yillik o‘rmonchi Sobir Nosirmatov bilan suhbat

    So‘nggi yillarda O‘zbekistonning Orolbo‘yi mintaqasida ekologik vaziyatni tiklash bo‘yicha xalqaro va milliy darajadagi ishlar amalga oshirildi. Xususan, o‘rmonzorlarni ko‘paytirish, yashillikni saqlash maqsadida 2024-yilga qadar daraxt kesishga moratoriy joriy etildi. Respublika o‘rmon fondi zaxiralari ko‘rsatkichini 90 million kub metrdan ortiqroqqa yetkazish, yiliga 200 million ko‘chat ekish va ko‘chatlarning umumiy sonini 1 milliarddan oshirish maqsad qilindi. Sohada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida daraxt, buta, o‘simliklarni qonunga xilof ravishda kesganlar haqida ma’lumot bergan fuqarolarga pul mablag‘lari to‘lanmoqda.

    “Daryo” muxbiri Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Burchmulla” davlat o‘rmon xo‘jaligida bo‘lib, atrof-muhit muhofazasi sohasini rivojlantirish uchun yaratilgan institutsional-huquqiy asos, o‘simlik dunyosining o‘sib rivojlanishi yaratilgan sharoitlar haqida o‘rmon xo‘jaligining “Sijjak” bo‘limi katta noziri Sobir Nosirmatov bilan suhbatlashdi.

    O‘rmon xo‘jaligi hududi

    Bizning “Burchmulla” davlat o‘rmon xo‘jaligimiz 374 ming gektarni tashkil qilib, Bo‘stonliq tumanidagi yagona o‘rmon xo‘jaligi hisoblanadi. Uning hududi Azotboshdan boshlanib, tomonlari Piskom tizmasi, Qozog‘iston va Qirg‘iziston mamlakatlari hamda Namangan viloyatining chegara hududlarigacha cho‘zilgan. Bizning bo‘lim o‘rmon xo‘jaligining “Sijjak” bo‘limining 4-aylanmasi — Qaynarsuv hisoblanadi. Bizning bo‘lim 15 ming gektarga yaqin hududni egallagan bo‘lib, asosan, ko‘chatzorlar barpo etish bilan shug‘ullanamiz.

    Yaratilish tarixi

    O‘rmonzorlar tashkil etilishi to‘g‘risida dastur ishlab chiqilishidan avval bu hududlarda deyarli hech nima yo‘q edi. Qarovsiz hamda toshloq hududlar bo‘lib, molboqarlar faqat chorvasining qornini to‘ydirish uchun kelib turishar edi. 2013-yil viloyat hokimi qarori bilan tuproq eroziyasining oldini olish va turli jarliklardan himoyalanish maqsadida ushbu o‘rmon xo‘jaligi barpo etildi. Shundan so‘ng biz bu yerlarni tekisladik, shag‘alli joylarga tuproq yotqizib, unumdorlikni oshirish va o‘sishini tezlashtirish maqsadida ko‘chatlarni ildizida tuprog‘i bilan keltirib ekdik. Hozirgi barcha ko‘chatlar 2013-yildan buyon ekib kelinayotgan ko‘chatlardir. O‘tgan 10 yil davomida 1 700 gektardan oshiqroq hududlarda yong‘oqzorlar, bodomzorlar, na’matak va shumtolzorlar paydo qilinmoqda.

    O‘tgan 2022-yilda 260 gektar hududda yangi o‘rmonzorlar va yana 100 gektarga yaqin hududda ihota o‘rmonzorlari tashkil etildi. Yillar davomida sug‘orib ishlov berish natijasida hozirda 98-99 foizgacha o‘sish darajasi qayd qilindi. Bu yilgi rejamizga muvofiq tuproq unumdorligi past hududlarda tuproq eroziyasini oldini olish maqsadida turli maydonchalar ko‘rinishida o‘rmonzorlar tashkil etmoqchimiz.

    Ilk yutuqlar

    Chorbog‘ning yuqori qismidagi daraxtlar 2017-yilning kuz oyida 45 kun davomida ekilgan ilk nihollarimiz edi. Yo‘lning ikki sirti bo‘ylab 4 qator to‘liq qirq qarag‘ay daraxtining 24 mingta ko‘chati, boshqa qismlarda esa bodom, yong‘oq kabi mevali daraxtlar ekilgan. Hozirda bu daraxtlar bo‘y ko‘tarib, o‘z mevasini bera boshlagan. Ko‘z o‘ngimizda unib o‘sgan bu daraxtlar bizga o‘z farzandimizdek aziz bo‘lib qolgan.

    “Yashil makon” dasturi

    Bu hududda ish faoliyat yuritayotganimga 40 yildan oshiqroq muddat bo‘ldi. Oxirgi 5-6 yil uchida o‘rmon xo‘jaligiga e’tibor sezilarli darajada oshdi. Hozirda hammamiz axborot vositalari orqali kuzatyapmiz, Orolbo‘yida ancha o‘zgarishlar bor. Ayniqsa “Yashil makon” dasturiga asosan, aholi tomonidan ko‘chat ekilishi, har kim o‘zi ekkan ko‘chatni o‘zi parvarish qilishi juda ijobiy natija keltirdi. Avvallari ko‘chat ekilardi, keyinchalik qarovsiz qolib nobud bo‘lar, yana ekilar va yana shu holat takrorlanar edi.

    Ko‘chat ham bir yosh boladek gap. Uni alohida parvarish qilib, mehr berib, e’tibor qaratsangizgina nobud bo‘lmasdan, to‘g‘ri, ravon o‘sadi. Barcha sa’y harakatlarning ijobiy natijasi o‘laroq yuqoridagi holatlar endilikda deyarli kuzatilmayapti. Biz ham “Yashil makon” dasturga asoslanib, hududlarni ishchilarga bo‘lib berganmiz. Hamma o‘zi ko‘chat ekib, o‘zi parvarish qilyapti. Fikrimcha, o‘rmon endi o‘z egasini topdi. Uni tilini tushunib, mehr berib, parvarish qila oladigan insonlarga topshirilgan bu o‘rmonzorlar yanada gullab yashnamoqda.

    O‘rmonchi omi dehqonmi?

    Ba’zilar o‘rmonda ishlaydiganlarni o‘qimagan, savodi yo‘q insonlar deb o‘ylashadi. Yo‘q, aksincha, bizda hamma o‘rmonchilar oliy ma’lumotli kadrlar, barchasi o‘rmonchilik fakultetini tamomlagan. Bu masalaga nafaqat bizda, balki boshqa shu kabi hududlarda ham juda katta e’tibor berilmoqda. Mening o‘zim ham 1982-yil Toshkent qishloq xo‘jaligi institutini tamomlaganman. Shundan buyon “Burchmulla” o‘rmon xo‘jaligida faoliyat yuritib kelaman.

    O‘rmonzorlar nega kerak?

    Avvallari bu hududlarda tuproq eroziyasi juda kuchli edi. Chunki chorva bosgan yerlar yemirilib borgan, yomg‘ir yoqqach ko‘plab jarliklar paydo bo‘lgan edi. Hozir ham ba’zi hududlarda yemirilish anchagina. Biz qo‘ldan kelgancha ko‘chat ekib, yemirilishlarning oldini olishga harakat qilyapmiz. Aks holda hozir bu hududlar to‘liq yemirilib ketib, jarliklardan iborat bo‘lar, keyinchalik umuman ishlatib bo‘lmaydigan holga kelib qolar edi. O‘rmonzorlar yaratilgach, bu holatlarning oldi olinmoqda.

    So‘nggi o‘zgarishlar

    O‘tgan yildan buyon daryo bo‘ylarida ham ko‘plab ko‘chatlar ekilib, ihota o‘rmonzorlari barpo etilmoqda. Bundan maqsad — daryo suvini toza saqlash va atrofini ko‘kalamzorlashtirishdir. Qolaversa, yaqinda yurtboshimiz turizmni rivojlantirish borasida ko‘plab topshiriqlar berdilar, shuning asosida ham keladigan mehmonlar uchun dam olishga moslangan chiroyli ko‘ngilochar hudud yaratmoqchimiz.

    Tabiat bilan hamnafas

    Hozirda avvalgiga nisbatan odamlar orasida ham daraxtlarga nisbatan qarashlar ancha yaxshi tomonga o‘zgargan. Avvallari daraxtlarni kesish, shartta sindirib taom pishirish uchun o‘choqqa tashlash holatlari ko‘p kuzatilar edi. Hozirda odamlarda tabiatga mehr berish tushunchasi paydo bo‘lgani meni juda quvontiradi. Endilikda, aksincha, kelayotgan mehmonlar ham o‘zlari bilan ko‘chat olib kelib, ekib ketmoqda. Bu ham katta bir yutuq aslida.

    Mehnatning mevasi

    Qilgan ishlarimiz hozirda o‘z mevasini berishni boshlagan. Daraxtlarimiz ko‘karib, ancha kattarib qolgan. Yo‘l bo‘yidagi ignabargli daraxtlarimiz turli mashinalardan chiqayotgan gazlarni o‘ziga tortib olib, kislorod ishlab chiqaryapti. Nafaqat tabiat, balki insoniyat salomatligiga ham ijobiy hissa qo‘shayotganimiz barchamiz uchun quvonchlidir.

    Kecha, bugun, ertaga…

    Bundan 10 yil muqaddam, 20-30 gektar yerlarda ko‘chat ekilgan bo‘lsa, endilikda ko‘chat ekilayotgan hududlar hajmi taqqoslab bo‘lmas darajada oshdi. Misol uchun aytib o‘taman, o‘tgan yili ihota o‘rmonzorlarini tashkil qilish maqsadida men 50-60 mingga yaqin ko‘chat o‘tqazdim.

    Bu ekilgan bodomlar 6-7 yilda, yong‘oqlar 10-12 yilda hosilga kiradi. Mana olxo‘rilarimiz hosil qilishni ham boshladi. Avval ekkan ko‘plab mevali daraxtlarimiz hozirda hosilga kirishni boshlagan. 7-8 yillar ichida yana shunday parvarish qilib, e’tibor qilinsa, bu hududlarda chinakam o‘rmonzor paydo bo‘ladi.

    06.03.2023, 23:15   Izoh (0)   5180
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar maxsus vakillarining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi 

    06.03.2023, 23:01

    Saida Mirziyoyeva: “Bu — o‘qituvchilar himoyasi yo‘lida tashlangan katta qadam”

    06.03.2023, 22:31

    Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi 

    06.03.2023, 22:25

     Namanganda kanal bo‘yida yong‘in sodir bo‘ldi (video)

    06.03.2023, 22:21

    Farg‘onalik o‘quvchi 1 mln 62 ming dollarlik grantni qo‘lga kiritdi

    06.03.2023, 21:32

    Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan maslahatlashuv yig‘ilishini o‘tkazdi (foto)

    06.03.2023, 21:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.