Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida o‘zganing Spark avtomobilini olib qochishda gumonlangan 6 nafar yigit qo‘lga olindi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida ma’lum qilindi.

Kadr: Telegram

Qayd etilishicha, 27-fevral kuni soat 18:30 larda Olmaliq shahar IIBga Ohangaron tumanida yashovchi 1986-yilda tug‘ilgan fuqaro qo‘ng‘iroq qilib, o‘ziga tegishli Spark avtomobilini noma’lum shaxslar ish joyi oldidagi avtoturargohdan olib qochganini bildirgan.

Ushbu avtotransport vositasini qidirib topish bo‘yicha joylarda fuqarolar bilan tezkor harakatlar olib borilgan. Yaqin hududlarda joylashgan obyektlardagi kuzatuv kameralari o‘rganilib, Spark’ning harakatlanish yo‘nalishi aniqlangan. Surishtiruv ishlari davomida shahar ichidan, ko‘p qavatli uylar oldidan topilgan.

Yo‘l harakati xavfsizligi Jinoyat qidiruv va Post-patrul xizmati xodimlari o‘zaro hamkorlikda ish ko‘rishi natijasida jinoyat ishi doirasida 1999—2004-yillar oralig‘ida tug‘ilgan olti nafar yigit qo‘lga olingan.

Gumonlanuvchilardan birining so‘zlariga ko‘ra, u bundan tashqari 3 ta Damas’ning orqa oynalarini sindirib, ularning ichidagi qimmatbaho buyumlarni o‘zlashtirgan.

Holat yuzasidan Olmaliq shahar IIB Tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 26-mart kuni qanday ob-havo kuzatiladi?
Salomatlik
Filtrlangan, qadoqlangan yoki qaynatilgan: organizm uchun eng foydali suv qaysi?
Mahalliy
Wizz Air Toshkent va Samarqandga parvozlar sonini oshirmoqda