“O‘zgidromet” 5-mart, yakshanba kuni uchun ob-havo ma’lumotini taqdim etdi.
Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/soniya tezlikda esadi, 12-15 metr/soniyagacha kuchayishi kumkin. Harorat kechasi 9-11 daraja iliq, kunduzi 19-21 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Navoiy viloyatining ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-tozonlar kuzatilishi, Navoiy viloyatida 22-25 metr/soniyagacha yetishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-tozonlar kuzatilishi, Jizzax viloyatida 22-25 metr/soniyagacha yetishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin Shamol sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-tozonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 21-26 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat 5-10 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg’ir, baland tog’liklarda yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. Shamol sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, “O‘zgidromet” 3-martda respublika hududiga Kavkaz hududlaridan biroz nam havo kirib kelishi kutilayotganini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)