Toshkent shahar Olmazor tumanida tadbirkorning mulkini talon-toroj qilgan shaxslar aniqlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Qayd etilishicha, departamentning Olmazor tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruvda “F.M.” MCHJ ombor mudiri A.N. va sotuvchilari B.E. va D.I. o‘zlarining moddiy javobgarligida bo‘lgan xorijda ishlab chiqarilgan jami 2,5 milliard so‘mlik 92 turdagi elektr uskunalarini boshqa shaxslarga sotib yuborib, o‘zlashtirgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq O‘zbekistonning to‘rt hududida gaz va “svet”dan noqonuniy foydalanganlar 2,5 milliard so‘mdan ziyod zarar yetkazgani, Samarqandda mehmonxona 7,6 milliard so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)