Surxondaryo viloyati Termiz shahrida tadbirkorning 190 mln so‘mdan ziyodini o‘zlashtirgan dorixona mudiri qo‘lga olindi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Termiz shahar bo‘limi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan. Fuqaro Z.E. “G.F.” MCHJga qarashli dorixona mudiri vazifasida ishlab kelib, o‘zining moddiy javobgarligida bo‘lgan dori vositalari sotuvidan tushgan 191,3 million so‘m naqd pullarni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)