Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi JSST yangi pandemiya boshlanishidan ogohlantirayotgani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini taʼkidlamoqda. Bu haqda qo‘mita axborot xizmati rahbari Maftuna Saidova “Daryo”ga maʼlum qildi.
El Pais nashri Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) epidemiologi Richard Pibodi parranda grippi sababli yangi pandemiyaga tayyor bo‘lishga chaqirayotgani haqida xabar bergan edi.
Mutaxassisning taʼkidlashicha, dunyo odamdan odamga tarqalish qobiliyatiga ega bo‘lgan parranda grippiga tayyor bo‘lishi kerak.
“Hushyor bo‘lishga chaqirmoqdamiz. Odamlar o‘lik yoki o‘layotgan qushlarni yoki boshqa hayvonlarni olmasligi kerak. Parranda fabrikalaridagilar yaxshi himoyalanishi zarur”, — deb ogohlantirdi mutaxassis.
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi axorot xizmatining maʼlum qilishicha, yangi pandemiya boshlanishi bo‘yicha JSST rasmiy maʼlumot bermagan.
“JSST rasmiy saytida ham, bizga yuborilgan maʼlumotlarda ham bunday maʼlumot yo‘q”, — dedi qo‘mita vakili.
Izoh (0)