Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan Xurshid Hakimov Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
U Toshkent tibbiyot akademiyasining bakalavr bosqichini tamomlagan, Rossiyaning A.N.Bakulev nomidagi yurak-qon tomir jarrohligi milliy tibbiyot markazida bo‘yicha tahsil olgan. 2020-yildan boshlab bir yil davomida Moskva viloyati Yegoryevsk markaziy tuman kasalxonasida rentgenendovaskulyar xirurg sifatida faoliyat olib borgan.
2021-yilda O‘zbekistonga qaytib, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo viloyati mintaqaviy filialida Rentgenendovaskulyar xirurgiya bo‘limi boshlig‘i sifatida ish boshlagan. Xurshid Hakimov samarali faoliyati uchun “Shuhrat” medali va “Sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
Izoh (0)