Murod Ahmedov 27-fevral kuni Xorazm viloyati prokurori etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, viloyat sektorlari, huquqni muhofaza qilish idoralari va davlat tashkilotlari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev hamda Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Jo‘rabek Rahimov qatnashgan.
Yig‘ilishda ilgari Farg‘ona viloyati prokurori o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Murod Ahmedov Xorazm viloyati prokurori lavozimiga tayinlangani ma’lum qilingan. Nig‘matilla Yo‘ldoshev so‘zga chiqib, viloyatda fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, jinoyatchilikka qarshi kurash borasida amalga oshirilgan ishlar xususida to‘xtalgan va navbatdagi vazifalar belgilab olingan.
Izoh (0)