Ohangaron shahri prokuraturasi qorovuli 26-fevral kuni 9 ming dollar pora olayotganda ushlandi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
![](/static/2023-02-27 20.18.04.jpg)
Qayd etilishicha, tezkor tadbirda prokuratura binosi qorovuli shahar prokuraturasi tergovchisining ish yurituvida bo‘lgan jinoyat ishi doirasida tergovga jalb qilingan fuqaro E.dan jinoyat ishini yengillashtirib, ijobiy hal qilib berish evaziga 9 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.
27-fevral kuni Ohangaron shahar prokuraturasi tergovchisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi, qo‘riqlash xizmati qorovuliga nisbatan Jinoyat kodeksining 168, 28-211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi shaxslar protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (1)
Miliondan biri ushlaniptida