Surxondaryo viloyatining sobiq hokimi To‘ra Bobolov Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ish boshladi. Bu haqda palata saytida e’lon qilingan xabarda keltirilgan.
Shuningdek, To‘ra Bobolov O‘zbekiston—Ozarbayjon ishbilarmonlar kengashi hamraisi hamdir.
24-fevral kuni Toshkentda o‘tkazilgan yig‘ilishda To‘ra Bobolov, Ozarbayjon Tadbirkorlar (ish beruvchilar) tashkilotlari milliy konfederatsiyasi prezidenti va ishbilarmonlar kengashi Ozarbayjon tomoni hamraisi Vugar Zeynalov, turli vazirlik va idoralar, shuningdek, ishbilarmon doiralar vakillari ishtirok etgani ta’kidlangan.
To‘ra Bobolov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Surxondaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etilgandi. Ma’lumot uchun, u 2019-yilning may oyida Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi. To‘ra Bobolov 2020-yil yanvar oyida rasman viloyat hokimi lavozimiga tasdiqlangan.
Izoh (0)